Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:42

2020 sarhisobi: O‘zbekistonni larzaga solgan besh voqea


2020 - yilning eng muhim 5 voqeasi: Sardoba toshqini, So‘x voqeasi, G‘uzordagi g‘alayon, Namangandagi norozilik, Buxorodagi dovul
2020 - yilning eng muhim 5 voqeasi: Sardoba toshqini, So‘x voqeasi, G‘uzordagi g‘alayon, Namangandagi norozilik, Buxorodagi dovul

Pandemiya 2020 - yilda O‘zbekiston yuz tutgan yagona inqiroz emasdi.

O‘n minglab odamni boshpanasiz qoldirgan Sardoba toshqini, Buxorodagi tabiiy ofat va mamlakatni larzaga solgan So‘x va G‘uzordagi g‘alayonlar.

Ijtimoiy tarmoqlarda rezonansga sabab bo‘lgan noroziliklar...

Ozodlik bu ro‘yxatni saralab, yilning eng muhim 5 ta voqeasini tanlab oldi.

Sardoba toshqini

Sardoba suv omborining o‘pirilishi, shubhasiz, 2020 - yilning eng muhim voqeasi bo‘ldi.

1 - may kungi texnogen fojia oqibatida, rasmiy ma’lumotga ko‘ra, kamida 6 kishi halok bo‘lgan. Bedarak ketgani aytilgan yana bir shaxsning taqdiri hanuz noma’lum.

Minglab oila boshpanasidan, mol-mulkidan ayrildi. Hukumat Sardobada yangi siti qurdi, lekin ma’lum sabablar bilan uysiz qolayotganlar norozilik chiqishlarini to‘xtatmayapti.

ЭКСКЛЮЗИВ ТАСВИРЛАР: Ўпирилган Сардоба сув омборида вазият ташвишли
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:20 0:00
  • 1 - may kuni tonggi soat oltilarda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborining to‘g‘oni o‘pirildi.
  • Bir necha soat ichida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi minglab uy¸ gektarlab ekin yerlari suv ostida qoldi.
  • O‘sha kunning o‘zida 24 ta aholi punktidan 90 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.
  • Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, toshqin oqibatida 17300 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ulardan 56 nafari shifoxonaga joylashtirilgan.
  • FVV ma’lumotiga ko‘ra, Sardoba toshqinida 6 kishi halok bo‘lgan, ularning 2 nafari ayol, 4 nafari erkaklardir. O‘sha paytda yana bir kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi. Ozodlik 18 - dekabr kuni FVV bilan bog‘lanib, bedarak yo‘qolgan shaxs haqida biror yangilik aniqlay olmadi. ​
  • Qozog‘iston tomonining hisob-kitobicha, Sardoba ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida jami 276 kvadrat kilometr maydonni suv bosgan, bundan 76 kvadrat kilometri Qozog‘istonda joylashgan.
  • Turkiston viloyati Maxtaaral tumanidagi 14 ta qishloqdan jami 31 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan.
  • Hisob-kitobga ko‘ra, toshqindan Qozog‘iston 404 million tenge (taxmin 950 ming AQSh dollari) zarar ko‘rgan. O‘zbekiston ko‘rilgan zarar miqdorini ochiqlamadi.
  • Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Sardoba omboridagi talafot oqibatida 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 1 ta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid, 13 ta respublika ahamiyatidagi ko‘prik, 52 km uzunlikdagi yo‘l, 1 ta dehqon bozori zararlangan. 4ta nimstansiya suv ostida qoldi. Buning ortidan 8 mingdan ziyod aholi elektr energiyasidan mahrum bo‘ldi.​
  • Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida¸ rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ 2570 ta hovli-joy, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan¸ 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar-joy qisman zararlangan.
  • Boshpanasidan ayrilganlar uchun Sirdaryoda 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy qurildi.
  • Ayni paytda turli sabablar bilan uysiz qolayotgan sardobaliklar Toshkentda norozilik chiqishlari qilyapti.
  • Jumladan, 30 - noyabrda 50 dan ortiq sardobalik Toshkentga, O‘zbekiston Bosh vaziri qabuliga kirish uchun borgan, bu yerda hech kim qabul qilmagach, ular prezident Mirziyoyevning Do‘rmondagi qarorgohiga qarab yo‘l olgan, yetib borganida ularni qo‘riqlash xizmati to‘xtatgan va Sirdaryoga qaytarib yuborgan edi.
Сардоба тошқинидан зиëн кўрган мирзаободликлар ва сардобаликлар ўз уйлари бузилишига норозилик билдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:06 0:00

Ozodlik o‘tkazgan jurnalistik surishtiruv O‘zbekistondagi gidroinshootlar vaziri maqomida bo‘lib kelayotgan senator Abdug‘ani Sanginovning Sardoba suv ombori qurilishida ham davlat buyurtmachisi¸ ham quruvchi pudratchi maqomida qatnashganini tasdiqladi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, toshqin bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida jami 10 tashkilotning 17 mulozimi tergovga tortilgan. Ular orasida Sanginov biznes imperiyasiga qarashli tashkilotlar yo‘q.

Сардоба фожиаси сабабларини сув омборини қурган Сангиновнинг ўзи тафтиш қилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:21 0:00

So‘x voqeasi

2020 - yilning may oyida sodir bo‘lgan so‘x voqealaridan 3 oy o‘tib qo‘lga olingan o‘nlab so‘xlikdan 22 nafari hozirda sud kursisida o‘tiribdi.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “Chashma” bulog‘i suvi ustida boshlangan ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasidagi dahanaki janjal ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.

So‘xlik norozilar o‘sha paytdagi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev va So‘x tumani hokimini toshbo‘ron qildi.

Norozilik voqea joyiga borgan bosh vazir Abdulla Aripovning va’dalaridan so‘ng tinchlandi.

Сўх жанжали: Чашма булоғи можароси, ўқ еган сўхликлар, тинч йўл билан ҳал қилинган зиддият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:30 0:00
  • 31 - may kuni chegaraning bahsli qismidagi buloq suvi ustida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarining o‘zaro tortishuvi ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.
  • Rasmiy bayonotga ko‘ra, janjalda ikki tarafdan mingdan oshiq odam, guvohlarga ko‘ra esa, 4 ming atrofida odam qatnashgan, tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgan, bir necha uyga o‘t qo‘yilgan.
  • Ommaviy tartibsizliklar chog‘ida, O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, So‘x tumani shifoxonasiga o‘q yegan va jarohatlangan 187 o‘zbekistonlik keltirilgan, bularning 3 nafari ov miltig‘idan yaralangan.
  • Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra esa, jami 25 qirg‘izistonlik jarohatlangan, ulardan 4 nafari og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.
  • Chegarada boshlangan dahanaki mojaroning keyinchalik to‘qnashuvga aylanib ketishida mahalliy rahbarlar, xususan, Farg‘ona hokimini ayblagan norozilar Shuhrat G‘aniyev va So‘x tumani sobiq hokimini toshbo‘ron qilgan edi.
  • 1 - iyun kuni Bosh vazir Aripov norozi bo‘lib yig‘ilgan yuzlab so‘xlik bilan shaxsan uchrashdi, prezident Mirziyoyev nomidan chegara, suv va yaylov muammosini hal qilib berishni va’da qildi.
  • To‘qnashuvdan 3 oy o‘tib, unga aloqadorlikda ayblangan o‘nlab so‘xlik qo‘lga olindi, 6 nafariga ayblov e’lon qilingan. Ammo 9 - noyabr kuni mahkamada 22 nafar ayblanuvchi hozir bo‘ldi.
  • 31 - maydagi to‘qnashuvlarni uyushtirishda ayblanayotgan sudlanuvchilarga nisbatan qiynoq qo‘llanilgani iddaosi ham aytildi.
  • Ayblanuvchilar orasida 2 nafari voyaga yetmagan, yana bir nechasi o‘zbek tilini bilmagani uchun tarjimon so‘ragan, biroq tarjimonsiz tergov qilingani haqida ma’lumotlar bor.
  • Sud jarayoni hali nihoyasiga yetmadi.
Фарғона вилоят ҳокими Шуҳрат Ғаниев нега Сўхда тошбўрон қилинди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:33 0:00

O‘shanda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati rahbarlari "Chashma" chegara punktida uchrashib, ziddiyatning eskalatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘zaro tinch hal qilishga kelishib olgandi.

So‘xda may oyida yuz bergan to‘qnashuvlar yuzasidan bironta qirg‘iz fuqarosi hibsga olingani yoki jinoyat ishi ochilgani ma’lum emas.

G‘uzordagi g‘alayon

21 - oktabr kuni oylik va ovqatning vaqtida berilmagani bois g‘alayon ko‘targan Enter Engineering shirkatining 20 nafarga yaqin ishchilari ustidan jinoyat ishi hali nihoyasiga yetmadi.

Avvaliga Energetika vazirining o‘rinbosari Behzod Normatov maxalliy matbuotga bergan suhbatida “haqli talab bilan chiqqan ishchilarga jazo berilmasligi va ular aytgan muammolar joyida hal qilinishini” aytgan edi.

4 миллиард долларлик Uzbekistan GTL заводини қураëтган минглаб ишчи ғалаëн кўтарди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:26 0:00
  • 21 - oktabr kuni ertalab soat 7:30da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan Enter Engineering kompaniyasining minglab ishchisi stixiyali norozilik aksiyasiga chiqdi.​
  • Ozodlikda mavjud bo‘lgan videolarda taxminan 5 mingga yaqin kaska kiygan ishchilar zavod binosini shturm qilayotgani aks etgan. Videolarda stol stullarni sindirib shirkat ofisini ostin - ustun qilayotgan ishchilar ko‘rinadi.
  • Shu kuni Enter Engineering mulozimi Shuhrat Arziyev kaltaklangan. Bosh prokuraturaning qayd etishicha, hodisada bir necha kishi, jumladan, oshxona, kadrlar bo‘limi, “Enter Engineering” muhandis-texnik xodimlariga tan jarohati yetgan.
  • Ishchilarga ko‘ra, ikki kun davomida zavod ishchilari ovqatsiz qolgani va oyliklar vaqtida berilmagani norozilikka sabab bo‘lgan.
  • Ma’lumotlarga ko‘ra, norozilikni bostirish uchun zavodga Milliy gvardiya, DXX va IIB maxsus kuchlari tashlangan.
  • G‘alayonni bostirish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanilgani ham iddao qilindi.
  • Enter Engineering Pte.Ltd. shirkatining Toshkentdagi bosh ofisi mulozimlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda G‘uzordagi zavodda kelib chiqqan g‘alayonga oshxona eshigi buzilib qolgani sabab bo‘lganini aytdi.
  • Uzbekistan GTL Bosh direktori Fahriddin Abdurasulov 24 - oktabr kungi matbuot anjumanida g‘alayon qilgan ishchilarning "barcha talablari qondirilgani"ni iddao qilgan edi.
  • Energetika vazirining o‘rinbosari Behzod Normatov esa mahalliy matbuotga bergan suhbatida “haqli talab bilan chiqqan ishchilarga jazo berilmasligi va ular aytgan muammolar joyida hal qilinishini” aytgan edi.
  • Bu gap ortidan ishchilarga ziyofat va konsert qo‘yib berildi.
  • Ozodlik tasarrufida “Uzbekistan GTL” shirkati rahbariyatining g‘alayon ko‘targan ishchilarga qo‘y so‘yib, ziyofat berganiga oid suratlar bor. Ammo bu ziyofatdan 10 kun o‘tib, ishchilar ustidan jinoyat ishi ochildi.

G‘uzordagi g‘alayondan ikki oy o‘tib, hali jinoyat ishi oxiriga yetmay turib, ishchilar yana norozilik bildirayotgani xabari keldi.

Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan shirkatlardan biri - "Nuriston Teks Group" MChJning oyliklarini ololmagan o‘nlab ishchisi ish tashlash bilan tahdid qildi.

Ishchilarga ko‘ra, oyliklarning kamida ikki oydan buyon berilmayotgani norozilikka sabab bo‘lmoqda.

Buxorodagi dovul

Olotdagi dovuldan 8 oy o‘tib tadbirkorlar prezident va’da qilgan ërdamni hanuz ololmayotganidan shikoyat qildi.

Tadbirkorlarga ko‘ra, 27 - aprelda ro‘y bergan kuchli dovul oqibatida butunlay vayron bo‘lgan yuzlab issiqxona hozirgacha qayta tiklanmagan.

Dovul oqibatida 1 odam o‘ldi, 40dan ziyod odam jarohatlandi. 38 mingdan ziyod aholi uy-joyi, 847 ta ijtimoiy soha obyektlari va ekin maydonlariga zarar yetdi.

O‘sha kunning o‘zidayoq, voqea joyiga borgan prezident Mirziyoyev talafot ko‘rganlarga zudlik bilan yordam berilishiga va’da qildi.

  • 27 dan 28 - aprelga o‘tar kechasi O‘zbekistonning 4ta viloyatida kuchli shamol va bo‘ron bo‘ldi.
  • Bo‘rondan ayniqsa, Buxoroda jiddiy talafotlar kuzatildi: Turkmanistonga tutash Olot va Qorako‘l tumanlari juda katta zarar ko‘rdi.
  • Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalariga ham jiddiy talafot etdi. 39 mingdan oshiq bino (3800tasi aholi uyi) shikastlandi.
  • Buxoroda nobud bo‘lgan bir kishining uzilib tushgan elektr simiga o‘ralashib qolgani aytildi.
  • O‘sha kuniyoq ikkala tumanga borib¸ hokimiyat vakillari bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev “hamma mablag‘ni berish¸ Olot va Qorako‘lni 10 kun ichida yangilash”ni va’da qilgan edi.

Yaqinda Ozodlikka murojaat qilgan olotlik tadbirkorlarga ko‘ra¸ dovul oqibatida butunlay vayron bo‘lgan yuzlab issiqxona hozirgacha qayta tiklanmagan.

Prezidentning 28 - aprel kungi farmoni bilan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan 100 milliard so‘m ajratilgan¸ ayni paytda¸ Moliya vazirligiga qo‘shimcha mablag‘ topish buyurilgan edi.

Talafotdan 8 oy o‘tib¸ milliardlab so‘mlik davlat mablag‘i sarflanganiga qaramay¸ Ozodlik gaplashgan olotlik issiqxona egalari o‘z biznesini qayta tiklash uchun yordam berilmagani¸ yordam pulining talon-toroj qilinganini iddao qildi.

Prezident va’da qilgan yordam berilmagan - issiqxonalar ishga tushmagan bir sharoitda, bu tadbirkorlar banklar tomonidan kreditni qaytarish yoki mol-mulkidan ajrash tahdidi ostida qolgan.

27 апрель кунги довулдан вайрон бўлган иссиқхона
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:03 0:00
Бевосита линк

Namangandagi norozilik

MIB ijrochilari faoliyatiga norozilik sifatida o‘zini yoqib, halok bo‘lgan namanganlik ayolning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi natijalari hali e’lon qilinmadi.

13 ming dollarga sotib olgan uyini MIB tortib olishiga qarshilik sifatida o‘zini o‘ldirgan 35 yashar Gulandom Dedabayevaning nizoli uyi uning o‘limidan so‘ng oilasiga zakot sifatida qaytarildi.

Marhumaning onasi Muhabbat Dedabayeva Ozodlik bilan suhbatda o‘zi 13 ming dollarga sotib olgan uyini o‘ziga zakot qilib berilgandan rozi emasligini bildirdi.

МИБ ходимлари уйидан мажбурлаб чиқармоқчи бўлган наманганлик аёл ўзига ўт қўйиб ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:30 0:00
  • Namangan shahar, Istiqbol MFYda istiqomat qilgan 35 yashar yolg‘iz ayol Gulandom Dedabayeva 29 - sentabr kuni o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘ldi.
  • Yaqinlariga ko‘ra, Gulandom ikki yarim yil avval sotib olgan uyidan majburan chiqarmoqchi bo‘lgan MIB xodimlariga shu tariqa o‘z noroziligini izhor qilgan.
  • Janjal Gulandom Dedabayeva 2018 - yilda 13 ming AQSh dollariga sotib olgan uy ustida chiqqan.
  • Uyning asl egasi boshqa kishi ekanligi, o‘sha uyda yashab turgan uy egasining qarindoshi F. N. aldov yo‘li bilan hujjatlarni qalbakilashtirib, Gulandomga sotgani bu ishni ko‘rgan Jinoyat ishlari Namangan shahar sudining hukmida aytilgan.
  • 2020 - yilning 9 - iyunida bo‘lib o‘tgan bu sud F.N.dan Gulandom Dedabayevaga 131 million so‘mni uch oy muddatda to‘lash va javobgarni 4 yilu 2 oy uy qamog‘ida saqlash haqida hukm chiqargan.
  • Ammo oradan uch oy o‘tgan bo‘lsa ham, javobgar tomon Gulandom Dedabayevaga pulning bir so‘mini ham to‘lamaydi. MIB sudning bu qarorini, ya’ni pulni undirib bermay turib, oilani uydan haydab chiqarmoqchi bo‘lgan.
  • Bunga esa, uy egasining sudga murojaat qilishi va sud ularni uydan chiqarish haqidagi qarori asos bo‘lgan.
  • O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva MIB ijrochilarining harakatiga norozilik bildirib o‘zini yoqqan namanganlik ayol voqeasiga munosabat bildirdi.
  • 2 - oktabr kuni o‘tgan Senat majlisida Tanzila Norboyeva bu haqda gapirar ekan, “agar o‘sha yerning o‘zida ayol asabiylashib, jig‘ibiyron bo‘lib, yana turib olib haqqini talab qilavergan bo‘lsa MIB sabr-toqat qilib, qaytib ketib, ijroni keyinroqqa qo‘ysa ham bo‘lardi”, dedi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG