Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:00

Koronavirus: O‘zbekiston xalqaro parvozlarni bekor qildi


Koronavirus tufayli Xitoydan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni sog‘liqni saqlash xodimlari kutib olgan edi.
Koronavirus tufayli Xitoydan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni sog‘liqni saqlash xodimlari kutib olgan edi.

Uzbekistan Airways aviashirkati hukumat O‘zbekistonda ilk bor COVID-19 virusi aniqlanganini e’lon qilishi ortidan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarni bekor qilish xususida qaror qabul qildi. Shirkat saytida ma’lum qilinishicha, bu qaror shu yil 16 martidan kuchga kiradi.

Aviashirkat e’lonida 16 mart kuni yakuniy qatnovi amalga oshiriladigan xalqaro yo‘nalishlar ro‘yxati berilgan.

Uzbekistan Airways xalqaro qatnovlarni to‘xtatish joriy yil 5 apreligacha rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

Natijada vatanga qaytayotgan yuzlab o‘zbekistonlik aeroportlarda qolib ketgani aytilmoqda.

Ozodlik “yo‘li unmagan” yo‘lovchilarning ba’zilari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, migrantlarga bilet sotadigan tadbirkor va uchoq shirkatlari xodimlariga ham telefon qilib, vaziyatga oydinlik kiritishga urindi.

Bosh vazir qarori bilan parvozlar bekor qilindi

Oldinroq Bosh vazir Abdulla Aripov boshqargan komissiya yig‘ilishi ortidan qabul qilingan 10 banddan iborat qarorda 15 martdan boshlab Fransiya Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida barcha aviaqatnovlar to‘xtatilishi aytilgan edi.

Shuningdek bu qaror asosida O‘zbekiston Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniyani cheklov o‘rnatilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritgandi.

Ro‘yxatdagi davlatlar vatandoshlari va bu davlatlarda doimiy yashash izni bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston hududiga barcha turdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelishi vaqtincha to‘xtatiladi.

Diplomatlarga emas, migrantlarga taalluqli

Ushbu cheklovlar nisbatan oz sondagi diplomatik va xizmat pasporti egalariga taalluqli emasligi qarorda aytilgan. Ayni paytda, bu qaror ortidan yuzlab mehnat migrantlari yarim yo‘lda qolib ketgani aytilmoqda.

Koronavirus bois karantin e’lon qilingan va ko‘plab ishxonalar faoliyati to‘xtagan Chexiya¸ Rossiya , shuningdek Turkiya kabi mamlakatlardan uyiga qaytayotgan mehnat migrantlarining ba’zilari yo‘l boshida¸ ba’zilari esa yarim yo‘lda qolib ketganidan tashvishda.

Moskvada ishlaydigan Madina Ozodlik bilan suhbatda o‘z opasini 16 mart kuni aeroportga kuzatib qo‘ygani, ammo opasi O‘zbekistonga yetib bora olmaganidan tashvish bildirdi:

“Bugun tungi soat1 da opam uchuvdi O‘zbekistonga. Ertalab 8 00 da qo‘nishi kerak edi. Anig‘ini bilolmayapman, opam bilan bog‘lanolmadim. Qaytarishadi shekilli. Kiritishmayapdi degandi ertalab gaplashganimda. Hozir mana peshin bo‘ldi bedarak. Telefoni o‘chgan. U yoqda qaynotasi kutib, aeroport eshigi oldida sarg‘ayib o‘tiribdi. Farg‘onaga uchuvdi opam.Bilolmayapmiz, qiynalib ketdik . Aviakompaniya ham aniq bir javob aytmayapti".

Ozodlik bu muammoni o‘rganish uchun avvaliga Moskvadagi Vnukovo keyin esa, Sheremetyevo aeroporti ma’lumotlar bo‘limi bilan bog‘landi. Ularning aytishicha, 16 mart kuni O‘zbekistonga ikkita reys bekor qilingan:

“Siz aytgan soat 1 dagi reys ham, tongi 7.30 dagi reys ham bekor qilindi. Qabul qiluvchi davlat qaroriga ko‘ra reyslar bekor bo‘ldi. O‘zingiz bilasiz koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat bu”, - dedi Sheremetyevo aeroporti xodimi.

Ayni shunday holat bois, Turkiyaning Istanbul aeroportida ham “yuzlab o‘zbeklar arosatda qoldi”, dedi o‘zini Umar Tangriberganov deb tanishtirgan urganchlik yo‘lovchi. U Varshavadan uchib kelgani va navbatdagi uchoq bilan Toshkentga uchib ketishi biletida yozilganini aytarkan, dedi:

“Ikki kun bo‘ldi yo‘lga chiqqanimga. Allaqachon uyda bo‘lishim kerak edi. Hech kim aniq javob bera olmayapti".

"Bileti bor o‘zbeklar uchadi"

Chexiyada mehnat migrantlariga uchoq biletlari sotish bilan shug‘ullanadigan Muhammadjon Ozodlik bilan suhbatda vaziyat yo‘lovchilar aytganchalik yomon emasligini ta’kidladi:

“Migrantlarimiz asosan Rossiya va Turk havo yo‘llari orqali uchadi. Mana bugun Praga aeroportidan Istanbulga samolet uchdi. O‘zim bor edim aeroportda. Kechqurun yana bir reys bor. U ham hali qoldirilgani yo‘q. Tushdagi bir reys bekor qilingan. O‘sha ucha olmagan yo‘lovchilar keyingi uchoqda albatta uchadi. Istanbuldan esa barcha o‘zbekistonliklarni yig‘ib bitta uchoqda uchirishadi. Bu gapim 16 martga, balki 17 ga taalluqli. U yog‘ini bilmadim".

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00
Бевосита линк


12 mart kuni O‘zbekiston Bosh vaziri imzolagan qarorda O‘zbekiston cheklov kiritgan davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston vatandoshlarini zaruratga ko‘ra olib kelish uchun, belgilangan tartibda charter reyslar tashkil etishga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan.

Uchib kelganlar 14 kun karantinga solinadi

Qarorda aytilishicha, cheklov o‘rnatilgan davlatlardan charter reyslar orqali olib kelingan O‘zbekiston turg‘unlari Toshkent viloyatida joylashgan "Bo‘ston" sanatoriysi, "Energetiklar sihatgohi" va Toshkent shahrida joylashgan 6-shahar klinik shifoxonalarida 14 kunlik karantinda saqlanadi va bu davr ichida shifokorlar nazoratida bo‘ladi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG