Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:30

Sardoba toshqinida ayblanayotganlar ustidan yopiq sud jarayoni boshlandi (VIDEO)


Sardoba fojiasida ayblanayotganlar ustidan mahkama ishini O‘zbekiston Oliy sudi sudlov hay’ati ko‘rib chiqmoqda
Sardoba fojiasida ayblanayotganlar ustidan mahkama ishini O‘zbekiston Oliy sudi sudlov hay’ati ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston Oliy Sudi joriy yil 1 - mayida Sardoba suv omborida yuz bergan toshqin bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida qamoqqa olingan 8 nafar shaxs ishini ko‘rib chiqishni boshladi.

21 - dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida boshlangan yopiq mahkamada "O‘zgidrostroy” shirkatiga qarashli To‘polang kanallar boshqarmasi boshlig‘i Baxshullo Asadov va yana 7 kishi hozir bo‘lgan.

Mahkamada qatnashayotgan advokatlardan birining Ozodlikka bildirishicha, mahkama rasman maxfiylashtirilgan va unga ayblanuvchilar yaqinlari qo‘yilmayapti.

Joriy yilning 1 - may kuni yuz bergan “Sardoba” suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 207-moddasi, 258-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov shu yilning 6 - oktabrida ushbu ish doirasida 17 kishining tergovga jalb etilganini ma’lum qilgandi.

Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan Toshkent shahar sudida Sardoba fojiasida gumondor tariqasida qamoqqa olingan 8 nafar shaxs ustidan mahkama jarayoni 21 - dekabr kuni boshlandi.

Сардоба фожиаси сабабларини сув омборини қурган Сангиновнинг ўзи тафтиш қилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:21 0:00

Mahkamadan ma’lum bo‘lishicha, “O‘zgidrostroy” shirkatiga qarashli To‘polang kanallar boshqarmasi boshlig‘i Baxshullo Asadov boshchiligidagi pudratchilar hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ shirkatiga qarashli qurilish-montaj tashkilotlarining vakillaridan iborat jinoiy guruh O‘zbekiston JKning 209-, 257- va 258-moddalari bilan ayblanmoqda.

Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizligi Xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlarining dastlabki xulosasiga asoslangan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, hozircha ilk mahkama 21 - dekabr kuni bo‘lgan va faqat 2 yarim soat davom etgan. Manbalar ish materiallari yopiq sudda ko‘rila boshlagani, sudlanuvchilarning qarindoshlari ham mahkamaga qo‘yilmayotganini bildirdi.

Ismi sir qolishini istagan mahkama advokatlaridan biri 20 dan ortiq advokatning har biridan jinoyat ishi tafsilotlarini sir saqlash haqida tilxatlar olinganini iddao qildi.

Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq, inson sha’ni-qadr qimmati, davlat sirlariga taalluqli bo‘lmagan jarayonlar ochiq sudlarda ko‘rilishi lozim.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jinoyat ishi umumiy jinoyat ishining protsessual tartibda ajratilgan bir qismidir. Jinoyat ishining boshqa qismlari yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, dastlabki jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zarar miqdori 45 milliard so‘mdan ortiq bo‘lib, jinoyat ishi figurantlari mazkur zararning bir qismini qoplagan.

Sud majlisi 28 - dekabr kuni davom ettirilishi aytilgan. Unda Bosh prokuratura Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan belgilangan davlat ayblovchisi sudlanuvchilarga nisbatan ilgari surilayotgan ayblov xulosasini o‘qib eshittirishi kutilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov 6 - oktabr kuni bergan bayonotida, hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘onning loyihalanishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga dahldor 17 nafar shaxs tergov qilinayotganini bildirgan edi.

Bu shaxslar orasida “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK, loyihachi “UzGip” MChJ, bosh pudratchi – “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK, pudratchi tashkilotlar “Rezaksoy suv qurilish” UK, “Omad Dubl” MChJ, “Sariosiyo qurilish” MChJ, “Trans Servis Kompleks” MChJ, “To‘palang Sherobod” ShK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdorlari borligi aytilgan.

Tergovga jalb etilganlarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llangan.

“Jinoyat ishi doirasida tegishli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, degandi Akmal Burxonov.

1 - may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan, 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.

Uylari buzilganlar orasida hanuz boshpanasiz yashayotganlari talay va ularning bir guruhi, 1 - oktabr kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, "Do‘stlik" mahallasida yashovchi sakkiz fuqaro O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qabuliga yettinchi marta arz qilib borgandi.

Sardoba toshqinida uylari vayron bo‘lgan bir guruh fuqarolar hukumat va’da qilgan 40 million so‘mlik yordam puli va uy-joy o‘zlariga berilmaganidan shikoyat qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG