Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:39

"Sardoba ishi": Sudlanuvchilarning yaqinlari asosiy aybdorlar daxlsiz qolayotganidan norozi


Sardoba fojiasida ayblanayotganlar ustidan mahkama ishini O‘zbekiston Oliy sudi sudlov hay’ati ko‘rib chiqmoqda
Sardoba fojiasida ayblanayotganlar ustidan mahkama ishini O‘zbekiston Oliy sudi sudlov hay’ati ko‘rib chiqmoqda

5 - yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida "Sardoba ishi" bo‘yicha 17 kishi ustidan yopiq mahkama jarayonining navbatdagi - uchinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mahkamada ishtirok etayotgan advokatlardan biriga ko‘ra, majlisda suv ombor qurilishi paytida "To‘polang" kanallar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Baxshullo Asadov hamda pudratchi shirkat rahbari bo‘lgan Karimjon Ro‘ziyevlar ko‘rsatmasi tinglangan.

28 - dekabr kuni o‘tgan ikkinchi majlisda ayblov xulosasi o‘qib eshittirilgan va sudlanuvchilarga Jinoyat Kodeksining 6 moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan edi.

Ayblov xulosasida o‘tgan yil 1 - may kuni Sardoba suv omborida yuz bergan fojia doirasida jami 45 milliard so‘mlik (taqriban 4 million 280 ming AQSh dollari-tahr.) zarar aniqlangani va buning bir qismi undirilgani aytilgan.

O‘zbekiston Oliy sudi Sardoba fojiasi yuzasidan "jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liqligi" bois yopiq o‘tishini bildirgan va shu sababdan, mahkamaga oid ma’lumotlar qat’iyan sir tutilmoqda.

Ammo sudlanuvchilar yaqinlari va tergovga tortilganlarning, moddiy zarar faqat quyi bo‘g‘indagilar - asosan subpudratchilardan undirilayotgani, "Sardoba" suv ombori qurilishi uchun mas’ul ekani aytilgan rahbar Abdug‘ani Sanginov va yaqinlari hanuz daxlsiz qolayotganidan norozi ekani aytilmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga tegishli pudratchi tashkilotlardan birida ishlagan va tergovga tortilgan birgina yetakchi mutaxassis hozirgacha 1 milliard 100 million so‘mlik zararni qoplaganini bildirdi.

Yangi tafsilotlar

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 5 - yanvar kuni "Sardoba ishi" bo‘yicha ayblanayotgan 17 kishi ustidan mahkamani davom ettirdi.

Advokatlardan biriga ko‘ra, ertalab soat 9 dan soat 15:20 ga qadar davom etgan mahkamada ikki sudlanuvchi - "To‘polang" kanallar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Baxshullo Asadov hamda suv ombori qurilishida qatnashgan pudratchi tashkilot rahbari bo‘lgan Karimjon Ro‘ziyevlar ko‘rsatmasi tinglangan.

Shuningdek, ushbu majlisda sudya mazkur jinoyat ishi tergovi doirasida 171 kishi so‘roq qilinganini aytib o‘tgan.

Toshkentlik advokatga ko‘ra, 17 sudlanuvchi orasida "O‘zbekgidroenergo" tashkilotidan 4 kishi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJdan 3 kishi va suv ombori qurilishiga aloqador mas’ullar bor.

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rsatmasi tinglangan sudlanuvchi - Karimjon Ro‘ziyev Sardoba suv ombori qurilishida qatnashgan pudratchi tashkilot - “To’palang HPD Water Construction” shirkatining qog‘ozdagi rasmiy rahbari bo‘lgan.

Sardoba suv omborining qurilish jarayonidan xabardor mulozimga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha ombor qurilishiga aloqasi bo‘lmagan Karimjon Ro‘ziyev Sanginovning hamqishlog‘i va qurilish joyidagi asosiy vakili bo‘lgan.

Ayblov

21 - dekabr kuni sud Sardoba suv omborida yuz bergan toshqin bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida qamoqqa olingan 17 shaxs ishini ko‘rib chiqishni boshlagandi.

28 - dekabr kuni 2020 - yilning 1 - mayida yuz bergan halokat bo‘yicha yopiq mahkamaning ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda rasmiy ayblov o‘qib eshittirildi.

Sud jarayonini kuzatayotgan advokatlardan biriga ko‘ra, mahkamada "O‘zbekgidroenergo" tashkilotiga qarashli "To‘polang" kanallar boshqarmasi boshlig‘i Baxshullo Asadov, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga qarashdi “Gidrotexnik inshootlar qurish direktsiyasi” boshlig‘i lavozimida ishlagan M. Xolmatov va yana qator pudratchi tashkilotlarda ishlagan 15 mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston JKning quyidagi moddalari bilan ayblov e’lon qilingan:

  • 209-modda (mansab soxtakorligi),
  • 207-modda (mansabga sovuqqonlik bilan qarash),
  • 257-modda (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish)
  • 258-modda (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish)
  • 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish),
  • 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish),
  • 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish),

"Bu jinoyat ishining sud pudratchilarga daxldor ajratib olingan bir qismi, bosh pudratchilarga aloqador qismi bo‘yicha tergov hali davom etyapti. Hali yana 100 dan ortiq odam tergovga qatnayapti", - dedi ismi sir qolishi sharti bilan ma’lumot bergan advokat.

Gap korrupsiya haqida borayotgani uchun ham bu mahkama jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi kerak

Yopiq sud

Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizligi Xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlarining dastlabki xulosasiga asoslangan.

25 - dekabr kungi bayonotida Oliy sud, Sardoba fojiasi yuzasidan jinoyat ishi "bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli" Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismiga muvofiq yopiq o‘tishini bildirgan edi.

Mahkamada qatnashayotgan advokatning Ozodlikka bildirishicha, mahkamaga ayblanuvchilar yaqinlari qo‘yilmayotir, 20 dan ortiq advokatdan sud tafsilotlarini sir saqlash haqida tilxat olingan.

Yaqinlari norozi

Sudlanuvchilardan birining yaqini, asosan, "Sardoba" suv ombori qurilishida qatnashgan subpudratchi shirkatlar rahbarlari va xodimlari tergov hamda mahkamaga tortilganidan norozilik bildirdi.

Uning Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda iddao qilishicha, suv ombori qurilishiga mas’ul buyurtmachi va bosh pudratchi shirkatlar rahbarlari hanuz daxlsiz qolmoqda:

"O‘zbekgidroenergo"ning o‘sha kezdagi rahbari A. Sanginov va uning pudratchi shirkatlarni yollagan o‘g‘li Islom Sanginovlar bemalol ishlab yuribdi. Hozir ular sum ombor qurilishlarining ustida turibdi, deb eshityapmiz. Ularning mol-mulkiga ham tegilgani yo‘q. Sudlangan va tergovga tortilganlarning hammasi subpudratchi tashkilotlarning rahbarlari va xodimlari, Sanginovga ishonib, uzoq yillar birga ishlagan hamqishloqlari. Yordam so‘rab yoki shikoyat qilib borganlarni Sanginov umuman qabul qilmayapti".

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga tegishli pudratchi tashkilotlardan birida ishlagan va tergovga tortilgan birgina yetakchi mutaxassis hozirgacha 1 milliard 100 million so‘mlik zararni qoplaganini bildirdi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Axborot xizmati fojiadan ikki kun o‘tib e’lon qilgan rasmiy bayonotida, "Sardoba“ suv ombori qurilishida mas’ul etib belgilanmagani va ishtirok etmagan"ini iddao qilgan edi.

2020 - yilning 3 - may kuni e’lon qilingan bayonotda 2010 — 2017 - yillar mobaynida barpo etilgan “Sardoba“ suv ombori qurilishida "buyurtmachi sifatida Suv xo‘jaligi vazirligi (sobiq Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi bosh pudratchi sifatida ishtirok etgan.

Bundan tashqari, ushbu ob’ektda 10 dan ziyod yordamchi pudratchi tashkilotlar (subpodryadchik) qatorida “Rezaksoy suv qurilish” MChJ (hozirgi nomi – “Toʻpalang Water Construction” MChJ) ham qurilish jarayonlarida o‘ziga ajratilgan qism bo‘yicha qurilish ishlarini bajargan. Mazkur MChJ tomonidan bajarilgan ishlar tegishli tartibda qabul qilib olingani" ta’kidlanadi.

Ammo Ozodlik surishtiruvi Sardoba suv omborining buyurtmachisi ham, quruvchisi ham Sanginov va u rahbarlik qilgan ""O‘zbekgidroenergo" AJ ekanini o‘rtaga chiqargandi.

Nega yopiq?

Mahkamada qatnashayotgan toshkentlik advokatga ko‘ra, aslida sud ochiq o‘tkazilishi zarur:

"Sardoba inshooti transchegaraviy ahamiyatga ega hududda qurilgani uchun davlat siriga oid jihatlari bordir ehtimol. Ammo gap masalaning korrupsiyaviy jihatlari haqida borayotgani uchun ham bu mahkama jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi kerak. Hukumat korrupsiyaga oid strategik islohotlarni da’vo qilayotgan ekan, mahkamani maxfiylashtirishi bu da’volarga ishonchni yo‘qqa chiqaradi. O‘zbekistonda mahkamalarni davlat siri, vaji bilan maxfiylashtirish allaqachon jamoatchilikda shubha uyg‘otadigan bo‘lib ulgurgan.

Masalan, Bosh prokurorlar Qodirov, Murodov ishida qanday davlat siri bo‘lishi mumkin?! DXX raisi Abdullayevning ishi yuzasidan jamoatchilikka hech bo‘lmaganda, tafsilotli xabar berilmaganiga qanday izoh berish mumkin? Demak, O‘zbekiston hukumati har qanday ishni bemalol "davlat siri"ga bog‘layverishi mumkin ekan. Shu prizmadan qaralsa, Sardoba texnogen falokati yuzasidan boshlangan mahkama ham kishilarda shubha uyg‘otishi tabiiy".

Сардоба фожиаси сабабларини сув омборини қурган Сангиновнинг ўзи тафтиш қилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:21 0:00

DUK, UK, MChJdagi aybdorlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov 6 - oktabr kuni bergan bayonotida hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘onning loyihalanishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga dahldor 17 nafar shaxs tergov qilinayotganini bildirgandi.

Bu shaxslar orasida “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK, loyihachi “UzGip” MChJ, bosh pudratchi – “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK, pudratchi tashkilotlar “Rezaksoy suv qurilish” UK, “Omad Dubl” MChJ, “Sariosiyo qurilish” MChJ, “Trans Servis Kompleks” MChJ, “To‘palang Sherobod” ShK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdorlari borligi aytilgan.

Tergovga jalb etilganlarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llangan.

“Jinoyat ishi doirasida tegishli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - degandi Akmal Burxonov.

Sardoba halokati

1 - may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan, 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.

Uylari buzilganlar orasida hanuz boshpanasiz yashayotganlari talay va ularning bir guruhi, 1 - oktabr kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, "Do‘stlik" mahallasida yashovchi sakkiz fuqaro O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qabuliga yettinchi marta arz qilib borgandi.

Sardoba toshqinida uylari vayron bo‘lgan bir guruh fuqarolar hukumat va’da qilgan 40 million so‘mlik yordam puli va uy-joy o‘zlariga berilmaganidan shikoyat qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG