Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:44

Kasaba uyushmasi G‘uzorda ishchilar oylik olmagani va ovqat muammosi tufayli isyon ko‘targanini inkor qildi


Ғузордаги Enter Engineering ходимлари исён кӯтарди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:38 0:00

G‘uzordagi Enter Engineering xodimlari 21 - oktabr kuni isyon ko‘targan edi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan Enter Engineering ishchilari nega ommaviy norozilikka chiqqani sabablarini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari — mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qobiljon Qirg‘izaliyev Toshkentda shahrida 9 -noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Enter Engineering ishchilari noroziligini “ommaviy tartibsizlik” deb atadi.

“Kun.uz”ning xabar berishicha, Qobiljon Qirg‘izaliyev kasaba uyushmalari tomonidan tuzilgan ishchi guruh G‘uzorga borib voqea sabablarini o‘rgangan va 1500 ishchi bilan muloqotda bo‘lganini ham bildirgan.

“Eng katta muammo — xodimlar ilgari 22 kun ishlab, 8 kun dam olish rejimida ishlagan, lekin pandemiya tufayli o‘sha rejim buzilgan. Ular ishda 60-70 kun qolib ketgan. Tasavvur qiling, ish joyining atrofi o‘ralgan. Hech qayerga chiqish mumkin emas. To‘rtta post bor. Hech kimni kirgizmaydi ham, chiqarmaydi ham”,-deb aytgan Qobiljon Qirg‘izaliyev.

Rasmiyga ko‘ra, zavodda 10ta oshxona bo‘lishiga qaramay, ishchilar ovqatlanish uchun 30-50 daqiqa navbatga turishga majbur bo‘lganlar.

Ishchilarga xizmat ko‘rsatadigan 130ta avtobusning 30ga yaqini esa yaroqsiz o‘rindiqlarga ega bo‘lgan, konditsioneri bo‘lmagan. Qobiljon Qirg‘izaliyev. Mana shu holatlar ham ishchilar ruhiyatiga ta’sir qilganini aytdi.

“Janjal yuz bergan kuni ertalab soat 07:30 da 500-600 nafar ishchi ovqatlangani kelgan. Monoblok buzilib qolgan. Navbat uzoq cho‘zilgan va shu sabr kosasi to‘lishiga oxirgi tomchi bo‘lgan”, — dedi federatsiya vakili.

Qirg‘izaliyevga ko‘ra, oziq-ovqat va ish haqi bilan bog‘liq muammo kuzatilmagan.

“Sentabr oyining ish haqi ham berib bo‘lingan ekan. Ish haqi yoki ovqatdan norozilik yo‘q ularda”, — dedi rais o‘rinbosari.

Ammo Oliy Majlis deputati Odiljon Tojiyev o‘z Telegram kanalida Enter Engineering kompaniyasi ishchilarga oylik maosh to‘lamasdan Mehnat kodeksining 161-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzgani va ishchilarga o‘z vaqtida oyliklarni to‘lanmagani aniqlanganini bildirgan edi.

22 - oktabr kuni Ozodlikka Enter Engineering shirkatidagi norozilik oqibatlarini tekshirayotgan kasaba uyushmasi mulozimi kompaniya ishchilarining to‘planib qolgan oyligi to‘lana boshlanganini aytgan.

Voqea joyida turib Ozodlikka xabarlar yuborayotgan mahalliy jurnalist esa, "shirkatning 12 mingdan ziyod ishchisining keyingi uch oyda to‘lanmagan oyligini to‘lash uchun ikki mashinada pul olib kelishganini" ko‘rganini aytdi.

Ozodlik suhbatlashgan ikki ishchi oyliklarini olganligini aytdi. Bundan tashqari ishchilar oshxonada ovqat sifati ham sezilarli darajada yaxshilanganini bildirganlar.

Qirg‘izaliyev Kasaba uyushmalari federatsiyasi birinchi navbatda 20 ta yangi avtobus oldirib, zavodga olib borganini, oshxonalar oldida uzundan uzoq navbatlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan monoblok bekor qilinganini, 22 kun ish, 8 kun dam olish rejimiga qaytilganinini bildirdi.

21 - oktabr kuni ertalab soat 7:30da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Uzbekistan GTL zavodini qurayotgan Enter Engineering kompaniyasining minglab ishchisi stixiyali norozilik aksiyasiga chiqqan edi.

Oylik va ovqatning vaqtida berilmaganidan g‘azabga kelgan ishchilarning noroziligi ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra¸ ishchilarning ommaviy noroziligi va nazoratsizligi tashkilotning bosh pudratchisi "Enter Engineering, Hyundai Engineering, subpudratchilar hamda buyurtmachi "Uzbekistan GTL" ofisining vayron qilinishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, vaqtinchalik inshootlar - oshxona, omborxona va boshqalar ham talofat ko‘rgan.

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, hodisada bir necha kishi, jumladan, oshxona, kadrlar bo‘limi, “Enter Engineering” muhandis-texnik xodimlariga tan jarohati yetgan.

XS
SM
MD
LG