Energetika vazirligi energobo‘hronni oqlashga urindi

Illyustrativ surat

O‘zbekiston Energetika vazirining matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev Kun.uz bilan suhbatda mamlakatda yuzaga kelgan energiya bo‘hronini “o‘ziga xos iqlim” bilan oqlashga urindi va haydovchilar uchun “gaz yo‘q bo‘lsa, benzin bor”ligidan bahs etdi.

“Aytish kerakki, metan zapravka yopiq bo‘lgan taqdirda, haydovchilarimizda boshqa muqobil variant bor. Ya’ni ular bemalol benzin quyishlari mumkin. Xabaringlar bor, benzin birjaga 2 baravar ko‘p miqdorda chiqarilyapti. Agar talab qilinsa, balki 3 baravar ko‘p ham chiqaramiz, bu bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q, zaxira yetarli”, degan Hasan Toshxo‘jayev.

Mulozim benzin narxi gazga qaraganda ancha qimmat ekani, kirakashlik qilib ro‘zg‘or tebratayotgan ko‘p sonli aholi vakillarining cho‘ntagi qimmat benzinni ko‘tarmasligini e’tiborsiz qoldirgan.

“Uyi sovuq bo‘lgandan ko‘ra, metan zapravkada ozgina navbat kutishi ma’qulroq” ekanini iddao qilgan matbuot kotibi haydovchilarga elektromobil xarid qilishni maslahat bergan.

Energetika vazirligi vakili ta’kidicha, “vaziyatdan kelib chiqqan holatda, bir hafta bo‘ladimi, o‘n kunmi – faqat Yaratganga ayon – shu mahalda butun mamlakat, millat birlashib, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi”.

Vazirlik rasmiy vakilining bahsli fikrlari ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan tanqidiy baholangan. Ayrim blogerlar “gaz bo‘lmasa benzin bor-ku” degan iddaoni fransuz qirolichasi Mariya-Antuanettaga nisbat beriladigan “non qolmagan bo‘lsa, pirojniy yeyishsin” degan mashhur naqlga o‘xshatgan.

Ma’lumot o‘rnida: 9-dekabrdan O‘zbekistonda iste’mol yuqori bo‘lgan hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklov kiritildi.

Aslida mamlakatda havo harorati pasaygan kunlarda gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati cheklanishi an’anaga aylangan. Ammo joriy yil noyabr oyida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov harorat -10, -20 darajagacha pasaygan taqdirda ham aholi va iqtisodiyotni energiya bilan ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi hozirlanganini ma’lum qilgan edi.

Uzluksiz ta’minot haqidagi va’dalarga qaramay, hali havo harorati manfiy darajaga tushmagan kunlardayoq poytaxtdagi ishlab chiqarish korxonalarini gazdan uzish boshlangan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov “qiyshiq qarorlar va buzuq o‘lchovlar ustiga qurilgan energetika hali ko‘p syurprizlar hozirlashi”dan ogohlantirgan.

O‘zbekiston Energetika vazirining matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev Kun.uz bilan suhbatda mamlakatda yuzaga kelgan energiya bo‘hronini “o‘ziga xos iqlim” bilan oqlashga urindi va haydovchilar uchun “gaz yo‘q bo‘lsa, benzin bor”ligidan bahs etdi.

“Aytish kerakki, metan zapravka yopiq bo‘lgan taqdirda, haydovchilarimizda boshqa muqobil variant bor. Ya’ni ular bemalol benzin quyishlari mumkin. Xabaringlar bor, benzin birjaga 2 baravar ko‘p miqdorda chiqarilyapti. Agar talab qilinsa, balki 3 baravar ko‘p ham chiqaramiz, bu bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q, zaxira yetarli”, degan Hasan Toshxo‘jayev.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

ZIMISTON-UZ. Ўзбек энерготизими ноқулай куз ҳавосига чидамади

Mulozim benzin narxi gazga qaraganda ancha qimmat ekani, kirakashlik qilib ro‘zg‘or tebratayotgan ko‘p sonli aholi vakillarining cho‘ntagi qimmat benzinni ko‘tarmasligini e’tiborsiz qoldirgan.

“Uyi sovuq bo‘lgandan ko‘ra, metan zapravkada ozgina navbat kutishi ma’qulroq” ekanini iddao qilgan matbuot kotibi haydovchilarga elektromobil xarid qilishni maslahat bergan.

Energetika vazirligi vakili ta’kidicha, “vaziyatdan kelib chiqqan holatda, bir hafta bo‘ladimi, o‘n kunmi – faqat Yaratganga ayon – shu mahalda butun mamlakat, millat birlashib, bir-birini qo‘llab-quvvatlashi eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi”.

Vazirlik rasmiy vakilining bahsli fikrlari ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan tanqidiy baholangan. Ayrim blogerlar “gaz bo‘lmasa benzin bor-ku” degan iddaoni fransuz qirolichasi Mariya-Antuanettaga nisbat beriladigan “non qolmagan bo‘lsa, pirojniy yeyishsin” degan mashhur naqlga o‘xshatgan.

Ma’lumot o‘rnida: 9-dekabrdan O‘zbekistonda iste’mol yuqori bo‘lgan hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklov kiritildi.

Aslida mamlakatda havo harorati pasaygan kunlarda gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati cheklanishi an’anaga aylangan. Ammo joriy yil noyabr oyida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov harorat -10, -20 darajagacha pasaygan taqdirda ham aholi va iqtisodiyotni energiya bilan ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi hozirlanganini ma’lum qilgan edi.

Uzluksiz ta’minot haqidagi va’dalarga qaramay, hali havo harorati manfiy darajaga tushmagan kunlardayoq poytaxtdagi ishlab chiqarish korxonalarini gazdan uzish boshlangan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov “qiyshiq qarorlar va buzuq o‘lchovlar ustiga qurilgan energetika hali ko‘p syurprizlar hozirlishi”dan ogohlantirgan.