Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 16:51

“Ular Putindan emas, mobilizatsiyadan qochmoqda” - o‘zbekistonliklar rossiyaliklar oqimi haqida


Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra,  so‘nggi bir hafta ichida 300 mingga yaqin odam Rossiyani tark etgan,  asosan harbiy yoshdagi erkaklar va ularning oila-a’zolari. 
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra,  so‘nggi bir hafta ichida 300 mingga yaqin odam Rossiyani tark etgan,  asosan harbiy yoshdagi erkaklar va ularning oila-a’zolari. 

Sotib bo‘lingan aviachiptalar va Rossiyaning qo‘shni davlatlar bilan chegara o‘tish maskanlarida bir necha kilometrga cho‘zilgan tirbandlik.

Prezident Vladimir Putin 21-sentabr kuni e’lon qilgan qisman harbiy safarbarlikdan qochish rossiyaliklar uchun oson bo‘layotgani yo‘q.

27-sentabr kuni yo‘lovchi tashuvchi o‘zbek haydovchilaridan biri Ozodlikka Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi Mashtakov nazorat-o‘tish maskanida tirbandlik 20 kilometrni tashkil etgani, tunni chegarada o‘tkazganini aytdi.

"Маштаков" чегара масканида тирбандлик 20 километрни ташкил этган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00

“20 kilometr uzunlikda mashinalar tizilib turibdi. Tunni shu yerda o‘tkazdik”, -deydi o‘zbekistonlik haydovchi.

Rossiya OAVlari xabariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida 260 mingdan ortiq odam Rossiyani tark etgan, asosan harbiy yoshdagi erkaklar va ularning oila a’zolari.

Frontex chegara agentligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan bir haftada 66 ming rossiyalik Yevropa Ittifoqi hududiga kirgan.

Aksariyat Shengen vizasi yoki YeI davlatlaridan birida doimiy yashash huquqi borlar Finlyandiya va Estoniya nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kirgan, mobilizatsiya e’lon qilinganidan keyin Finlyandiyaga kirganlar soni sezilarli darajada oshgan.

Seshanba kuni Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi 21-sentabrdan buyon Qozog‘istonga 98 ming rossiyalik kirib kelganini bildirdi.

Qozog‘iston hukumati safarbarlik bilan bog‘liq holda harbiy komissarliklar tomonidan qidirilayotgan rossiyaliklarni ularga nisbatan jinoyat ishi ochilmagan bo‘lsa, ekstraditsiya qilmasligini bildirgan.

Ayni paytda Qozog‘istonga kirgan 98 ming rossiyalikning 64 mingi uchinchi davlatlar, jumladan, O‘zbekistonga o‘tgan.

Ammo O‘zbekistonga kirib kelayotgan rossiyaliklar soni bo‘yicha mamlakat rasmiylari hozircha biron ma’lumotni ochiqlagani yo‘q.

“Ukrainada minglab odam o‘ldirildi, hammang jim edingiz. Endi…”

Tarmoqlardagi muhokamalardan O‘zbekistonga o‘tishni xohlovchilar oz emasligi ko‘rinadi.

"Oilada uch kishimiz, erim, men va qizim. Qozog‘iston chegarasidamiz. Juda odam ko‘p to‘plangan. Toshkentga o‘tmoqchimiz. Uy ijaraga beradiganlar bormi? ", - deb yozdi Telegram kanalidigan “Russkiye v Uzbekistane” guruhida Tatyana ismli foydalanuvchi.

Ammo tarmoqlarda mobilizatsiyadan qochayotgan rossiyaliklarga munosabat turlicha.

Tarmoqlarda mobilizatsiyadan qochib kelayotgan rossiyaliklarga hamdardlik bildirayotganlar kam.
Tarmoqlarda mobilizatsiyadan qochib kelayotgan rossiyaliklarga hamdardlik bildirayotganlar kam.

“Yarim yil davomida Ukrainada minglab odam o‘ldirildi, hammang jim edingiz. Endi propagandistlar ekranidan turib emas, bevosita ishtirok etish kerakligi ma’lum bo‘lganda hammang tarqala boshladilaring. Rossiya begona yurtga shuncha g‘am, shuncha tashvish, shuncha kulfat yog‘dirdi, nima uchun?”, - deb yozdi Telegram guruhi foydalanuvchilaridan biri.

Telegram kanalidigan “Russkiye v Uzbekistane” guruhi.
Telegram kanalidigan “Russkiye v Uzbekistane” guruhi.

“Biz juda mehmondo‘st xalqmiz. Lekin, urushga qarshi bo‘lgan odamlarga jon deb yordam qilamiz”, - deb yozdi boshqa bir foydalanuvchi.

Yana bir foydalanuvchi: “Qo‘rqoq ruslar qochib ketishyapti, dezertir va qo‘rqoqlarni kiritmaylik”, deya sharh qoldirgan.

Qozog‘istondan ekanini aytgan ayol esa barchani mobilizatsiyadan qochayotganlarga yordam berishga chaqiradi.

Telegram kanalidigan “Russkiye v Uzbekistane” guruhida qoldirilgan sharxlardan.
Telegram kanalidigan “Russkiye v Uzbekistane” guruhida qoldirilgan sharxlardan.

“Aziz o‘zbekistonliklar, ozgina muruvvatingizni ko‘rsating. Men o‘zim Qozog‘istondanman. Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar juda ayanchli. Odamlar qo‘rqqanidan oxirgi puliga kelyapti, Iltimos, ularning vaziyatiga tushunish bilan qaraylik".

O‘zbekistonlik jurnalist Marina Kozlova Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan.
O‘zbekistonlik jurnalist Marina Kozlova Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan.

O‘zbekistondagi Yep.uz sayti bosh muharriri Marina Kozlova kelayotgan rossiyaliklarga yordam berish uchun o‘z saytida maxsus kanal ochgan.

“Ular bilan forumda gaplashganlarimdan angladimki, ular Putindan emas, mobilizatsiyadan qochishmoqda. Ular urushga yuborilishdan qo‘rqishyapti. Putinga e’tirozi yo‘q, ba’zilari uning siyosatini qo‘llab-quvvatlashadi ham. Mendan Facebook, Instagram dagi sahifamdan Ukraina avatarini olib tashlashni talab qilganlar ham bo‘ldi ”, - deydi Marina Kozlova.

O‘zbekiston va Rossiya aholisi o‘zaro vizasiz, erkin harakatlanish huquqiga ega.

Rossiyaliklarning ksenofobik, shovinistik xatolarini takrorlamasligimiz kerak

O‘zbekistonlik tahlilchi Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistonga kelayotgan rossiyaliklarni tushunish bilan qabul qilish kerakligini aytadi.

“...o‘zbekistonliklar rossiyaliklarga boshpana topishda yordam berishi, va ayni paytda, Rossiyaning imperialistik siyosati batamom o‘zgarishi kerakligini muttasil bildirib borishlari kerak. Keyingi o‘n yilliklardagi Rossiyaning siyosiy tafakkuri imperializmdan, O‘zbekiston davlati va xalqiga nisbatan shovinistik kibrdan mutlaq tozalanishi lozim. Buning uchun O‘zbekiston Millatining sifati, tafakkuri shunga yarasha o‘zgarishi, kristallashgan ong va irodaga ega bo‘lishi kerak”, deb yozdi u o‘zining Facebook sahifasida.

Tarmoqlarda ayrim faollar kelayotganlar orasida imperiyachi yoki shovinistik kayfiyatda bo‘lgan ruslar ham bo‘lishi mumkinligi, ular O‘zbekiston va boshqa sobiq sovet respublikalaridagi "beshinchi kolonna" saflarini to‘ldirishi va shuning uchun ham milliy xavfsizlikka tahdidga aylanishi mumkinligidan ogohlantirib chiqishdi. Bloger Aqida Xanumga ko‘ra, rossiyalik muhojirlarning yangi to‘lqini ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi, jumladan, narx-navo oshishiga olib kelishi tayin.

“Rossiyaliklarning ikkinchi oqimi, mehmonxonalarda joy yo‘q. Ijara narxlari ko‘tarilyapti. Ikkinchi jahon urushida ham qabul qilganmiz, o‘zbekni bag‘ri keng. Lekin, bir narsa mahalliy qonunlarni hurmat qilishsa bo‘ldi”, - deydi Aqida Xanum Ozodlik bilan suhbatda.

“Тошкент меҳмонхоналарида жой қолмади” - Россияликлар мобилизациядан қочмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:26 0:00

Ukraina urushi ortidan O‘zbekistonga rossiyaliklarning birinchi oqimi shu yil martiga to‘g‘ri kelgan edi. Kamida 2 ming rossiyalik, asosan IT-mutaxassislar Toshkentda ish va boshpana qidirishi turar-joy ijara narxlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani aytilgan.

O‘zbekiston hukumati Ukrainadagi urush borasida neytral pozitsiyada ekanini ta’kidlab keladi.

O‘zbekiston hukumati hozircha mobilizatsiyadan qochib kelayotgan rossiyaliklar masalasida ham, Ukrainaning bo‘lginchi hududlaridagi “referendum”lar bo‘yicha ham rasmiy bayonot bergani yo‘q.

26-sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakati rossiyaliklarga yordam berishi, ammo ularga imtiyoz bermasligini aytib chiqdi. Toqayevga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat siyosiy va gumanitar masaladir. Qozog‘iston Ukrainaning bo‘lginchi hududlarida o‘tkazilgan "referendum" natijalarini ham tan olmasligini aytgan.

XS
SM
MD
LG