Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:38

Suriyada Hofiz Asad maqbarasi yoqib yuborildi


Hofiz Asad maqbarasini egallab olgan isyonchilar, 2024-yil 11-dekabri
Hofiz Asad maqbarasini egallab olgan isyonchilar, 2024-yil 11-dekabri

Suriyadagi isyonchilarning tarafdorlari 11-dekabr kuni Qirdaha shahrida mamlakatning oldingi prezidenti va Bashar Asadning otasi Hofiz Asad maqbarasini egallab olishgan. Ular sobiq hukmdorning jasadi joylangan tobutni o‘z ichiga oluvchi yodgorlik majmuasiga o‘t qo‘yishgan. Maqbara oynalari sindirilgan va qisman talon qilingan.

Maqbarada Hofizning rafiqasi Anisa va uning 1994-yildagi avtohalokatda o‘lgan katta o‘g‘li Basilning qabrlari ham joylashgan. Ularning jasadlariga nima bo‘lgani noma’lum, deya xabar qildi “Al-Arabiya”. Asadlar sulolasi Suriyani umumiy hisobdan yarim asrdan ko‘proq boshqargan.

Ijtimoiy tarmoqlarda isyonchilar kaptagon ishlab chiqaruvchi bir necha yashirin zavod topilgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Suriya o‘n yillar davomida sintetik narkotik bo‘lgan kaptagonning eng asosiy ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan. Ko‘plab tadqiqotchilar iddaosiga ko‘ra, Suriyada kaptagon ishlab chiqarilishini shaxsan Asadlar klani a’zolari nazorat qilishgan, bu narkotikdan mamlakatda yiliga o‘nlab tonna ishlab chiqarilgan, undan tushgan noqonuniy daromad esa Suriyaga kelayotgan jami valyutaning 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etgan.

Dastavval tibbiy preparat o‘laroq ishlab chiqarilgan kaptagon 1986-yildan keyin dunyodagi mamlakatlarning aksariyatida taqiqlangan. Biroq u hali ham Yaqin Sharqda keng qo‘llaniladi. Unga “jihod narkotigi” deya nom berilgan, chunki jangarilar tunda uxlab qolmaslik va hissiyotlarini bostirish uchun bu psixostimulyatorni qabul qilib kelishgan.

Yaqin Sharq mamlakatlarida (shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasidagi) giyohvandlikning eng asosiy sabablaridan biri o‘laroq ko‘riladi.

Joylardan kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, isyonchilar topilgan kaptagon zaxiralarini yoqib tashlashmoqda.

XS
SM
MD
LG