Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:51

Sobiq mahalla kotibi: Yoshlarga yetakchi emas, yoshlarga ish kerak!


Erkin Gapparov Angor tumanidagi Navshahar MFY kotibi bo‘lib ishlagan.
Erkin Gapparov Angor tumanidagi Navshahar MFY kotibi bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston prezidentining 19 - yanvar kuni imzolangan qarori bilan shahar, qishloq va ovullarda “Yoshlar yetakchisi” lavozimi joriy qilindi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, yoshlar yetakchisi “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.

Yetakchilarning oylik maoshi ham mahalla oqsoqolining maoshidan ikki baravar ko‘p, 4,1 million so‘mdan qariyb 6 million so‘mgacha qilib belgilandi.

Dunyo, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyoti pandemiyani boshdan kechirayotgan, byudjet defitsiti tashqi qarz o‘sib borishining asosiy omillaridan bo‘lib qolayotgan bir paytda boshqaruv apparatining yanada kengaytirilishiga qanchalik zarurat bor edi?

Yoshlar yetakchisining mahallalardagi yoshlar muammolarini hal qilishda qanchalik o‘rni bo‘lishi mumkin?

Angor tuman, Navshahar mahalla fuqarolar yig‘inining sobiq kotibi Erkin Gapparov Ozodlikning bu va boshqa savollariga javob berdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:09 0:00
Бевосита линк

“Men prezidentning haqiqatan jon kuydirib, mahalla yoshlarining muammolarini hal qilishga qaratgan harakatlarini ijobiy baholayman. Lekin, bu “yetakchilar” ham o‘tmishdoshlari kabi abstrakt bir harakat bo‘lib qolishidan xavotirdaman. Byudjet pullarini behuda sarflash xalqqa xiyonatdir. Bu pullar xalqning peshona teri bilan topilgan pullardir. Xalq bu pullarni qaysidir amaldorni qavat-qavat uy qurishi, eng so‘nggi avtomobilda yurishi yoki chet ellarda sayoxat qilish uchun solig‘idan to‘lagan emas.

Shu vaqtgacha tashkil etilib bekor bo‘lgan yoshlar bo‘yicha o‘rinbosarlar, “Kamolot”, “Kamalak” kabi yoshlarni qo‘llab quvvatlovchi yetakchilar o‘zini oqlamadi. Agar o‘zini oqlaganida edi mahallalardagi o‘z joniga qasd qilishlar, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlar soni sezilarli o‘zgargan bo‘lar edi. Chunki jamiyatimizda o‘z joniga qasd qilishlar xolatlarning ko‘pchiligi yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bu ishlarning hammasi qog‘ozda juda chiroyli bajariladi. Amalda esa ko‘plab yoshlar Rossiyaga, qo‘shni davlatlarda ishlash uchun oila a’zolaridan kechib ketishadi. Qolganlari xam ishsiz ish qidirib sarson bo‘lib yurishadi.

Aholini ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘lgan bandlikka ko‘maklashish markazi esa nomiga ikkita qayerdagi ishni taklif qilib(u ishda hech qachon hech kim ishlamaydi) taklif qilingan ishni rad qildi deb qog‘oz qoralab qo‘yiladi.

Davlat byudjetidan esa milliardlab pullar havoga sovuriladi.

Qarorda milliy xalq o‘yinlari, yoshlar festivallarini tashkil etish, sport turlarini ommalashtirish kabi ishlar belgilangan. Och qoringa yoki oilasi farzandlari ishsizlikdan qiynalayotgan bir vaqtda bu ko‘ngilochar narsalar insonga tatirmidi.

Yoshlarga yetakchi emas, yoshlarga imkoniyat kerak, yoshlarga ish kerak!”

Avvalroq O‘zbekistonda prezident Sh. Mirziyoyev ko‘rsatmasi bilan hokim yordamchisi lavozimi ta’sis etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi yildan joylarda 9 ming 309 nafar hokim yordamchisi ish boshlagan va ularga ko‘mak berish uchun vazirliklardan 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborilgan.

Ayni paytda mamlakatda byudjet taqchilligi va pandemiya sharoitida soliq to‘lovchilar hisobidan millionlab so‘m oylik to‘lanadigan yangi lavozimlarning ta’sis etilishi tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG