Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 08:52

Sardoba toshqinida uyini suv oqizib ketgan oila 2 yosh bolasi bilan hanuz boshpana qidirmoqda (VIDEO)


Sardoba toshqinida vayron bo‘lgan aholi punkti, 2 - may, 2020, Sardoba, Sirdaryo
Sardoba toshqinida vayron bo‘lgan aholi punkti, 2 - may, 2020, Sardoba, Sirdaryo

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv toshqinida boshpanasini yo‘qotgan yosh oila 8 oydan buyon yordam puli va boshpanasiz yashayotganini aytib, Ozodlikka murojaat qildi.

27 yashar Munisa Turg‘unboyeva​ga ko‘ra, 2020 - yilning 1 - mayida Sardoba suv omborida to‘g‘on o‘pirilishi ortidan kelgan suv toshqinida u yashab turgan 3 xonali uy oqib ketgan. Ayol, o‘shanda oilasiga yetgan zarar 58 million so‘m, deb qayd etilganiga qaramay, hanuz uy va pul berilmayotganidan arz qildi.

Munisa Turg‘unboyeva ahvolidan xabardor mahalla fuqarolar yig‘ini vakilining izoh berishicha, hujjatlarda bu oilaning toshqinga qadar o‘z uyi bo‘lmagani qayd etilgan va shu bois, hanuz ularga uy ajratilmagan.

Ozodlikka so‘nggi oylarda kelayotgan o‘nlab shikoyatga ko‘ra, suv toshqiniga qadar ota-onasining uyida yashagan yosh oilalarning uy va yordam puli so‘rab, qilgan murojaatlari rad etilmoqda.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi Yurtdosh mahallasida yashagan 27 yashar Munisa Turg‘unboyeva 2 yosh bolasi bilan hanuz boshpanasiz, ijara uyda yashayotganini aytmoqda:

Sardoba tumanidagi Yurtdosh mahallasida yashagan M. Turg‘unboyeva murojaati
Sardoba tumanidagi Yurtdosh mahallasida yashagan M. Turg‘unboyeva murojaati

- 8 oy bo‘lgan bo‘lsa, shundan beri bizga yordam puli berilmadi, uy ham berilmadi. Ijarama-ijara yuribmiz, unga ham pul yetkazib bo‘lmay qoldi, to‘g‘risi. Bizga yetkazilgan moddiy zarar 58 million so‘m, deb "Temir daftar" ga kiritilgan edi, - deydi Turg‘unboyeva.

Bundan tashqari Turg‘unboyeva, fojiadan 6 kun o‘tib tug‘ilgan kichik farzandi og‘ir xasta ekani, vaqtincha qurilishlarda ishlab pul topayotgan turmush o‘rtog‘ining topgan puli, shu xasta go‘dakni davolashga arang yetayotganini aytadi:

Sardoba tumanidagi Yurtdosh mahallasida yashagan M. Turg‘unboyeva murojaati
Sardoba tumanidagi Yurtdosh mahallasida yashagan M. Turg‘unboyeva murojaati

- Bolamning miyasida kista (o‘simta) bor. Uni davolash uchun oyiga bir yarim million so‘m pul sarflayapmiz. Xo‘jaynim kun issiq paytlarda ishlab, topgan pulini bolani davolashga sarflayotgandik. Hozir sovuq tushib, ishi to‘xatb qoldi – endi bolani qanday davolatamiz, bilmayapmiz.

Turg‘unboyeva arizasini qabul qilib olgan Sardoba tuman hokimligi yoki Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Sardoba tuman bo‘limidan bu borada biror rasmiy javob olishning imkoni bo‘lmadi.

Сардоба тошқинида уйсиз қолган 2 болали ёш оила совуқда бошпана қидирмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:26 0:00

Munisa Turg‘unboyeva ahvolidan xabardor mahalla fuqarolar yig‘ini rahbarining izoh berishicha, hujjatlarda bu oilaning toshqinga qadar o‘z uyi bo‘lmagani qayd etilgan va shu bois, hanuz ularga uy ajratilmagan.

Ismini ochiqlamayotganimiz mahalla raisi, shunga qaramasdan, oilaga tegishli hujjatlar vakolatli organlarga taqdim qilingani, yakuniy javob Sardoba toshqinida uyini yo‘qotganlar bilan ishlayotgan hukumat idoralari maxsus komissiyasi hukmida ekanini ta’kidladi.

2020 - yilning 1 - mayida Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 570 ta hovli-joy, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan, 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar-joy qisman zararlangan.

O‘shanda 24 ta aholi punktidan 90 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingani rasman ma’lum qilingan edi.​

Uy-joyi va mol-mulkini yo‘qotgan o‘nlab sardobalik hanuz boshpanasiz qolayotgani, moddiy zarar qoplanmagani, hatto kun ko‘rish uchun moddiy yordam ham berilmayotganidan arz qilib, turli idoralarga murojaat qilishda davom etmoqda.

Ozodlikka kelayotgan o‘nlab shikoyat mazmuniga ko‘ra, texnogen halokatga qadar ota-onasi uyida yashagan yosh oilalarga ham boshpana berilmayotir.

O‘tgan yilning dekabr oyida Prezidentning Do‘rmondagi qarorgohiga norozilik yurishi qilgan sardobaliklar Do‘rmon yaqinida to‘xtatilib, ichki ishlar idorasiga olib ketilgan va u yerdan sirdaryolik rasmiylar hamrohligida uylariga qaytarilgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ofatdan zarar ko‘rgan 4 yarim mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga 40 million so‘mli yordam puli ham va’da qilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi esa 2020 - yilning 25 - noyabrdagi qarori bilan “Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risida” nizomni tasdiqlagan edi.

Nizomga muvofiq, “jabrlangan shaxs”, “tabiiy ofat”, “favqulodda vaziyat” va boshqa shu kabi tushunchalarga aniqlama berilgan, yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish tartibi, yetkazilgan zararni aniqlash va baholash tartibi, jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi va boshqa shu kabi me’yorlar tasdiqlangan.

XS
SM
MD
LG