Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:39

Saodat Omonova: MTRKdagi korrupsiya haqida gapirganim uchun 11 yildan beri sarsonman


Jurnalist, “Yoshlar” telekanalining sobiq xodimi Saodat Omonova.
Jurnalist, “Yoshlar” telekanalining sobiq xodimi Saodat Omonova.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining sobiq jurnalisti Saodat Omonova 11 yildan buyon o‘z kasbi bo‘yicha ish topolmaydi. U bu haqda “OzodMikrofon”ga so‘zlab berdi.

Саодат Омонова: Йигирма жойга ишга кирдим, барибир бўшатишди!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:41 0:00
Бевосита линк

"Televideniyeda korrupsiya avj olgan. Menda juda ko‘p faktlar bor. Hammasi qonun oldida javob berishi kerak!”

“Mening aybim haqqimni talab qilganim, mahalliychilikka, senzuraga, korrupsiyaga barham berishni talab qilganimmi?..”

"Iste’dodli kadrlar hammasi xususiy telekanallarga o‘tib ketdi...”

Juda qiynalib ketdim, ko‘chada sarsonman, yigirmata joyga ishga kirdim, baribir bo‘shatishadi, men nomimni oqlashni istayman, prezidentga murojaat qilmasam bo‘lmaydi...”

“MTRKda tinim bilmaganman. 2008 - yil aniq esimda bor, shanba-yakshanbasiz dam olmasdan ikki oy ishlaganman. Endi uch soat ishda bo‘lmadi deb, ishdan bo‘shatishga qanday haqlari bor ularni...”

“2011 - yilda Qozog‘istonga seminarga uchayotganimda aeroportda ushlab meni podvalga tushirishgan. Bir qo‘rqitib qo‘yaylik, deyishgan ekan...”

“Qayerga ishga kirsam ikki-uch oy o‘tmay bo‘shatishyapti. 2014 - yilda Ishow. uz da ishga kirdim. Rahbari meni ikki haftadan so‘ng chaqirib, “siz uchun mening ikkita saytimni yopishlarini istamayman, dedi. Indamay ketdim...”

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida 12 yil faoliyat yuritgan Saodat Omonova hamkasbi Malohat Eshonqulova bilan televideniyedagi qonunbuzarliklar, mahalliychilik va senzuraga chek qo‘yilishini talab qilib, 2010 - yilning 6 - dekabr kuni Toshkentning markaziy maydonida piket o‘tkazganidan uch kun o‘tib, ishdan haydalgan edi.

Jurnalistlar 2011 - yilning 27 - iyun kuni O‘zbekiston prezidenti devoni oldida ochlik e’lon qilgan, ammo ularning o‘sha paytdagi prezident va hukumat rahbarlariga murojaatlari javobsiz qolgan.

Inson huquqlari sohasida faoliyatini davom ettirgan Malohat Eshonqulova keyinroq ta’qiblardan shikoyat qilib, O‘zbekistonni tark etgan.

Ozodlik Saodat Omonova bilan suhbatda yangragan iddaolar yuzasidan MTRK va rasmiy idoralarning munosabatiga ochiq.

****************************************************************

Aziz mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon ruknida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va Ozodlik tahririyatining nuqtai nazarini aks ettirmaydi.

XS
SM
MD
LG