Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:43

Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida birinchi shaxsga aylanmoqda


Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva

Ozodlikning hukumatdagi manbalariga ko‘ra, Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidentining birinchi yordamchisi lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston prezidentining yangilangan administratsiyasida eng yuqori lavozim hisoblanadi.

Shu tariqa 38 yashar Saida Mirziyoyeva otasi Shavkat Mirziyoyev administratsiyasida birinchi shaxsga aylanmoqda.

Ozodlik manbalari bunga qadar prezident yordamchisi lavozimini bajarib kelgan Aziz Magrupov ayni lavozimda qolgani, prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Komil Allamjonov esa yangi tashkil etilgan departament rahbari lavozimiga tayinlanganini aytmoqda.

Manbalarga ko‘ra, ushbu lavozim Allamjonovni administratsiyaning yangi vertikalida uchinchi shaxsga aylantiradi.

Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonovlarning yangi lavozimga tayinlangani haqida hozircha rasman e’lon qilingani yo‘q.

Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonovlarning yangi lavozimga tayinlangani haqida hozircha rasman e’lon qilingani yo‘q.
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonovlarning yangi lavozimga tayinlangani haqida hozircha rasman e’lon qilingani yo‘q.

Avvalroq Prezident matbuot xizmati administratsiya rahbari Sardor Umurzoqovning lavozimdan bo‘shatilgani haqida Ozodlik 15-avgust kuni tarqatgan xabarni rasman tasdiqlagandi.

Prezident administratsiyasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarga muvofiq, adminstratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgan. Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

O‘tgan yil iyulidan buyon prezident administratsiyasiga rahbarlik qilib kelgan Sardor Umurzoqov faqat tuzilmaviy o‘zgarishlar bois lavozimdan chetlatilganmi yoki bunga uning faoliyatidagi kamchiliklar sababmi, ma’lum emas.

Ozodlik manbalari shu yil boshida prezident administratsiyasi rahbari bilan hukumat o‘rtasidagi ziddiyat haqida aytishgan.

Shuningdek, administratsiya rahbari Umurzoqov bilan bunga qadar administratsiyada kichikroq lavozimni egallagan (sho‘’ba mudiri) Mirziyoyeva o‘rtasidagi ziddiyat haqida ham xabarlar olingan.

O‘zbekiston hokimiyat vertikalidagi oxirgi o‘zgarish prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva mavqeining kuchayishini anglatadi.

Отасининг қизи. Саида Мирзиёева ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:43:20 0:00

Mirziyoyevaning bunga qadar prezident administratsiyasida xotin-qizlar huquqlari va ta’lim bilan bog‘liq qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surgan va bu tashabbuslar mahalliy matbuotda faol targ‘ib qilingan.

Saida Mirziyoyevaning otasi administratsiyasida yangi, yuqoriroq lavozimga tayinlanishi Ozodlikning Mirziyoyev boshqaruvidagi nepotizmga doir surishtiruvidan bir oy o‘tib yuz bermoqda.

Ozodlik surishtiruvi Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon 20 dan ortiq qarindoshlarini hukumatda yuqori lavozimlariga tayinlaganini o‘rtaga chiqargan.

"Мирзиёевлар Амирлиги": Тармоқни титратган Озодлик суриштируви
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:57 0:00

Oxirgi tayinlov Saida Mirziyoyeva o‘tgan oy uchinchi muddat prezidentlikka saylangan otasining ehtimoliy merosxo‘ri, degan farazlarni yanada kuchaytirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG