Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:45

Rus oligarxlari yaxtalarini Maldiv orollariga yo‘llamoqda. Alisher Usmonov kech qoldimi?


Putinga yaqin oligarx va mulozim Igor Sechinga tegishli ekani aytiladigan "Malika Olga" superyaxtasi.
Putinga yaqin oligarx va mulozim Igor Sechinga tegishli ekani aytiladigan "Malika Olga" superyaxtasi.

Kema kuzatuvchi nashrlar to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik milliarderlarga tegishli kamida beshta superyaxta chorshanba kuni Maldiv orollariga yetib borgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Maldiv Hind okeanida joylashgan orol davlat bo‘lib, AQSh bilan ekstraditsiya shartnomasini imzolamagan.

Rossiya 24 - fevral kuni Ukrainaga bostirib kirganiga javoban AQSh, YeI, Buyuk Britaniya va boshqa ko‘plab mamlakatlar Moskvaga qarshi yangi-yangi iqtisodiy sanksiyalarni joriy qilmoqda.

28 - fevral kuni Yevropa Ittifoqi aksariyati prezident Vladimir Putinning ittifoqchilari bo‘lgan Rossiyaning 26 nafar mashhur oligarxlari hamda rasmiylariga qarshi sanksiyalarni e’lon qildi.

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov sanksiyaga tushganlar ro‘yxatining boshidan o‘rin olgan. Chorshanba kuni Forbes nashri Germaniya Usmonovning Dilbar nomi berilgan qariyb 600 million dollarlik superyaxtasi hibs qilinganini xabar berdi.

Ammo Alisher Usmonovning vakili bu xabarni rad etgan. Forbes ning yozishicha, 156 metrli yaxta Kayman orollarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, unga xolding kompaniya orqali egalik qilinadi. Bu esa yaxtani to‘g‘ridan-to‘g‘ri Alisher Usmonovga bog‘lashni qiyinlashtiradi. Hamburg Iqtisodiyot va innovatsiya vazirligi rasmiylari Forbes nashriga Dilbar yaxtasi hibs qilinmagani, egalik huquqiga aniqlik kiritilganidan so‘nggina bu borada qaror qabul qilinishi mumkinligini aytishgan.

Украина уруши ва Путиннинг ўзбек олигархлари. Санкциялар сиртмоғи тортилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:29 0:00

Reuters nashri ushbu holat yuzasidan Germaniya rasmiylaridan izoh olishga muvaffaq bo‘lmagan.

MarineTraffic yuk tashish ma’lumotlar bazasidan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, «Rusal» alyuminiy shirkati asoschisi Oleg Deripaskaga tegishli Clio superyaxtasi chorshanba kuni Maldiv poytaxti Male yaqinida langar tashlagan. Deripaska 2018 - yilda AQSh sanksiyalariga yo‘liqqan edi.

Po‘lat ishlab chiqaruvchi «EVRAZ» shirkatining asoschisi Aleksandr Abramovga tegishli Titan superyaxtasi esa 28 - fevral kuni orol mamlakatga yetib borgan.

MarineTraffic ma’lumotlari, shuningdek, chorshanba kuni rossiyalik milliarderlarga tegishli yana uchta yaxta Maldiv orollari suvlarida sayr qilib yurganini ko‘rsatadi. Ular orasida Rossiyaning eng boy odami Vladimir Potaninga tegishli 88 metrli Nirvana yaxtasi bor.

Bu yaxtalarning askari yil boshida Yaqin Sharq portlarida langar tashlagan bo‘lgan.

Maldiv Respublikasi hukumati matbuot kotibi Reuters agentligining izoh so‘rab qilgan murojaatiga javob bermagan.

AQSh sanksiyaga uchragan rossiyaliklar mulkini musodara qilish uchun keskin choralar ko‘rilishini aytmoqda.

Yakshanba kuni Oq uy Twitterda: «Kelgusi haftada biz sanksiyaga yo‘liqqan Rossiya shirkatlari va oligarxlarining aktivlarini – yaxtalari, saroylari va boshqa noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan daromadlarini qonun asosida aniqlash, ovlash va muzlatish uchun ko‘p qirrali transatlantik ishchi guruhini ishga tushiramiz», deb yozdi.

XS
SM
MD
LG