Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 08:48

Putinning raqibi va "Rossiyaning yangi umidi". Toshkentda tug‘ilgan Boris Nadejdin kim?


"Fuqarolik tashabbusi” partiyasidan Rossiya prezidentligiga nomzod Boris Nadejdin Sankt Peterburgdagi matbuot anjumanida. 14-yanvar, 2024
"Fuqarolik tashabbusi” partiyasidan Rossiya prezidentligiga nomzod Boris Nadejdin Sankt Peterburgdagi matbuot anjumanida. 14-yanvar, 2024

Boris Nadejdin Davlat Dumasining sobiq deputati va urushga qarshi bo‘lgan yagona nomzod. Unga Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Rossiya prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun zarur imzolarni to‘plashga ruxsat bergan. Saylov 2024-yilning 15-17-martiga belgilangan. Ehtimoliy nomzodlar yanvar oyi oxirigacha imzo to‘plashlari kerak.

Agar Nadejdin saylovda mustaqil nomzod sifatida qatnashsa, u 300 ming imzo to‘plashi kerak bo‘ladi. U bu vazifani "deyarli noreal" deb ataydi. Shuning uchun u bir necha partiya bilan muzokara olib borib, parlamentga kirmagan “Fuqarolik tashabbusi” partiyasidan o‘z nomzodini tasdiqlatishga muvaffaq bo‘ldi. Uning nomzodligi 2023-yil 23-dekabrda e’lon qilingan. Dekabr oyida Markaziy saylov komissiyasi nomzodini saylovga ro‘yxatga olishni rad etgan rjevlik jurnalist Yekaterina Dunsovadan farqli o‘laroq, Nadejdinga imzo to‘plashni boshlashga ruxsat berildi. 23-yanvar kuni u kerakli 100 ming imzo to‘planganini, jarayon davom etayotganini aytdi.

Nadejdin Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘yish istagi haqida shunday dedi: "Men bu ishga bir sababga ko‘ra aralashaman: Mamlakatimiz halokatga tomon muqarrar ketmoqda, prezident bizni o‘sha tomonga yetaklamoqda". Shu bilan birga, kuzatuvchilar ta’kidlashicha, Nadejdin Kreml bilan kelishilgan nomzod, Vladimir Putinning navbatdagi qayta saylov kampaniyasi ishonchli chiqishi uchun maxsus ko‘rsatilgan. Nadejdinning “O‘ng kuchlar ittifoqi” sobiq a’zosi bo‘lgani, “Yagona Rossiya”ning boshlang‘ich saralashlarida qatnashgani, “Adolatli Rossiya” partiyasidan saylovga nomzodi ko‘rsatilgani va federal kanallarning tez-tez mehmoni bo‘lib turishi uning samimiyligiga shubha uyg‘otgan.

Ammo Nadejdinning urushga qarshi va Putinga qarshi ritorikasi sababli o‘n minglab odamlar Rossiyada ham, xorijda ham uning uchun imzo qo‘ymoqda. Mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan rossiyalik muxolifatchilar ham Nadejdinga imzo chekishga da’vat etdi.

Путин бешинчи президентлик муддатига номзодини қўймоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:35 0:00

Boris Nadejdin 2024-yilgacha nimalar qilgan?

60 yoshli Boris Nadejdin fizika-matematika fanlari nomzodi. U 1963-yilning 26- aprelida Toshkentda musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. 3 yoshligida Toshkent zilzilasini boshidan kechirgan. Bobosi Boris Borisovich Nadejdin 1930-yillarda kommunistik partiya tomonidan O‘zbekistonga yo‘llangan. Taniqli o‘zbek sovet kompozitori va Toshkent konservatoriyasining dotsenti bo‘lgan. Toshkentdagi musiqa maktablarining biriga uning nomi berilgan. Ota-onasi bolaligida Nadejdinni violonchelist sifatida o‘qishga yuborishgan, ammo u fizik bo‘lmoqchi edi, keyin u "sovet tadbirkori" bo‘ldi (qayta qurish yillarida kooperativ tuzgandi) va 90-yillar boshlarida u deputatlikka saylanishga qaror qildi. Mana, 30 yildirki u siyosatda.

1990-yillarda Nadejdin O‘ng kuchlar ittifoqidan (SPS) Davlat Dumasining deputati bo‘lgan. U Boris Nemsov, shuningdek, prezident ma’muriyatining amaldagi rahbari Sergey Kiriyenko bilan hamkorlik qilgan. 2012-yilda prezidentlik saylovlarida Sergey Mironovning ishonchli vakili, shuningdek, Vladimir Putin jamoasidan kuzatuvchi bo‘lgan. Siyosiy ekspert sifatida u federal kanallardagi tok-shoularda qatnashadi. U 2016-yilda Davlat Dumasiga saylovlar oldidan “Yagona Rossiya” partiyasining praymerizlarida qatnashgan va hozir buni shunday eslaydi: “Xo‘p, praymerizga kelsak, bu “Yagona Rossiya”ni trolling qilish edi. "Yagona Rossiya" partiyasi saylovda kamdan-kam hollarda debatlarda qatnashadi. Lekin debatda qatnashish praymerizlarda majburiy edi. Bu bahslar uchun ular turli odamlarni, olomonni to‘plashardi. O‘shanda o‘yladim: nega bundan foydalanmasligim kerak? Praymerizga yozildim. Bu bahslarda men ularni yakson qildim. Qizig‘i shundaki, men bu praymerizda viloyat Dumasi uchun ham g‘olib bo‘ldim. Nomzodimni qo‘yish niyatim bo‘lmagani uchun, ular menga ikkinchi o‘rinni berishlariga kelishib oldik”.

Kreml bilan kelishilgan yoki kelishilmagan nomzod?

Hozir Boris Nadejdin, o‘zining ta’kidlashicha, Kreml roziligisiz Rossiya prezidentligiga da’vogarlik qilmoqda. "Men prezident ma’muriyatidan hech kim bilan gaplashmaganman va gaplashmayman ham. Tasavvur qiling, prezident ma’muriyatiga boraman va «menda ajoyib g‘oya bor, Putinni va maxsus operatsiyani tanqid qilaman, shtab ochaman, odamlar meni qo‘llab to‘planishadi, shu ishni qilishga menga yordam berasizmi?» deyman. Menimcha, shunday qilgudek bo‘lsam, ular meni iflos supurgi bilan haydab solishadi», deydi u.

"Nastoyashcheye Vremya" efirida unga «Qanday qilib siz urushga qarshi chiqishlaringizdan keyin ham bemalol yuribsiz, bunday chiqishlar uchun ta’qib muqarrar bo‘lgan bir davlatda?» deb savol berilganda Boris Nadejdin shunday javob berdi: "Men buning javobini bilmayman: men 20 yildan beri Putinni va uning yo‘lini tanqid qilaman, lekin hamon tirikman, ozodman va hatto “xorijiy agent” ham emasman.

«Verstka» nashri Rossiya prezidenti ma’muriyatiga yaqin uch manbaga tayanib yozishicha, dastlab Nadejdin Kremlda kelishilgan nomzod bo‘lgan, ammo u «SVO» (Rossiyada Ukrainadagi urushni shunday atash talab etiladi) va Vladimir Putinga qarshi chiqqach, kelishuv buzilgan. Nadejdinning o‘zi: "Bu saylovlarda ishtirok etishimga hech qanday kafolat yo‘q", dedi. «Verstka» manbalariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi "imzolarning past sifati"ni bahona qilib, uning nomzodini rad etishni rejalashtirgan.

Nadejdin "Ukrainadagi SVO"ga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi gapiradigan yagona nomzod: "Putin SVOni boshlash bilan halokatli xatoga yo‘l qo‘ydi. SVOning belgilangan maqsadlaridan hech biri amalga oshmadi. Katta zararlarsiz bunga erishish dargumon. Iqtisodga va Rossiya aholisiga tuzatib bo‘lmaydigan zarba bu”, deyiladi Nadejdinning manifestida. U o‘zini “Putinning prinsipial raqibi” deb ataydi: “Putin dunyoga o‘tmishdan turib qaraydi va Rossiyani o‘tmishga tortadi. Rossiyaga kelajak kerak."

“Nastoyashcheye Vremya” nashriga bergan intervyusida Nadejdin agar prezident etib saylansa, Ukrainadagi urush bo‘yicha rejasi sulh va muzokaralar ekanligini aytdi: “Ammo men bir muhim narsani aytmoqchiman: men rus vatanparvariman, vatanimga xizmat qilaman va uni himoya qilaman. Siyosiy rahbariyat frontga majburan yuborganlar haqida ham, Ukraina xalqining azob-uqubatlari haqida ham qayg‘uraman, ammo birinchi navbatda, Rossiya haqida o‘ylayman".

Nadejdin ham safarbarlikka qarshi chiqdi va 2024-yil yanvar oyida erlari frontdan qaytarilmayotgani sababli shikoyat qilib to‘plangan ayollar bilan uchrashdi.

Украина уруши ва Россия сиёсий-ҳарбий элитасидаги бўлинишлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:41 0:00

Nadejdin saylovda o‘z nomzodini ro‘yxatga qo‘ydirish uchun kamida 100 ming saylovchi imzosini to‘plashi kerakligini, Markaziy saylov komissiyasi 31-yanvar kuni bu imzolarni qabul qilishi va nomzodlar ro‘yxatini 10-fevraldan kechiktirmay e’lon qilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Federatsiyaning har bir subyektidan 2,5 mingdan ko‘p bo‘lmagan imzolar topshirilishi kerak. 23- yanvar kuni bu marraga erishilganini e’lon qilgan Nadejdin imzo yig‘ish davom etayotganini aytdi.

Boris Nadejdinga imzo to‘plashga ruxsat berilgandan so‘ng, ko‘plab muxolifat arboblari, shu jumladan, Rossiyani tark etganlar ham uni u yoki bu tarzda qo‘llab-quvvatlashga qaror qilishdi: faqat ushbu nomzodni ko‘rsatish uchun imzo qoldirish orqali ruslar qonuniy ravishda urushga qarshi pozitsiyasini bildirishi mumkin.

"Nadejdinga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirmasdan turib ham, men unga imzo qo‘yish chaqiriqlariga qo‘shilaman. Imzo ovoz berish bilan bir xil emas va imzo qo‘ygan odam nimagadir majburlanmaydi, lekin bu Rossiya jamiyatining siyosiy vakillik va yangi ovozlarga talabi borligini ko‘rsatadi", deb yozdi Lyubov Sobol. "Boris Nadejdinga imzo cheking. Agar Nadejdin sizning nomzodingiz bo‘lmasa ham, urushga qarshi pozitsiyangizni shu tarzda ifodalash uchun bir haftadan kamroq vaqt qoldi", deya chaqirdi Mixail Xodorkovskiy. Georgiy Alburov, Ivan Jdanov, Ruslan Shaveddinov, Aleksey Venediktov, Ilya Varlamov, Yekaterina Dunsova, Maksim Kats va "Feministik urushga qarshilik" faollari ham rossiyaliklarni Nadejdinga imzo qo‘yishga chaqirishdi.

Shundan so‘ng Nadejdin uchun imzo qo‘ygani uzun navbatlar paydo bo‘la boshladi. Aksariyat odamlar Moskva va Sankt-Peterburgga kelmoqda. Nadejdinning shtabi boshqa hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan odamlarni ham imzo qo‘ygani kelishga chaqirdi. Yoqutistonda odamlar 45 daraja sovuqda navbat kutishdi. "Odamlar o‘zlari uchun xavfsiz bo‘lgan siyosiy aktsiyada qatnashishni istamoqda. Bir necha soatlik navbatlar jamiyatda shakllangan siyosiy talabning yaqqol ko‘rsatkichidir", deydi Nadejdinning federal shtabi rahbari Dmitriy Kisiev.

Nadejdinning shtab xorijda ham ochildi. Odamlar Parij, Tbilisi, Berlin, Barselona, Yerevan, Praga, Belgrad va Rossiyadan tashqaridagi boshqa shaharlarda ham imzo qoldirishi mumkin. Bunday imzolar MSKga qanday yetkazilishi noma’lum.

XS
SM
MD
LG