Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:20

O‘zbekiston: Parlament saylovlari va o‘zgarishlar niqobi


O‘zbekiston, saylov.
O‘zbekiston, saylov.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlament saylovlarida "kuchli raqobat" bo‘lishini bashorat qilgan bo‘lsa-da, so‘nggi 15 yil davomida bir xil hukumatparast siyosiy fraksiyalar g‘alaba qozonib kelmoqda, muxolifatchi siyosiy partiyalar ro‘yxatga olinishi esa muntazam rad etilmoqda.

Dunyoda bu yil o‘tkaziladigan saylovlar orasida 27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston parlamenti saylovidan ham kamroq erkin va kamroq adolatli hisoblanishi mumkin bo‘lgan saylovlar oz.

Shunday bo‘lsa-da, Markaziy Osiyoning eng ko‘p aholili mamlakatidagi hokimiyat vakillari dunyoni bunday emasligiga ishontirish uchun astoydil harakat qilmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab o‘tkaziladigan mahalliy saylovlar bilan bir qatorda, O‘zbekistonning ikki palatali milliy qonun chiqaruvchi organi yangi joriy etilgan aralash tizim asosida saylanadi. Bu tizim majoritar, tuman darajasidagi saylovlar va siyosiy partiyalarning proporsional vakilligini qamrab oladi.

Tarafdorlar fikricha, quyi palatadagi 150 o‘rinning yarmi uchun proporsional vakillikning joriy etilishi (qolgan 75 o‘ringa nomzodlar hali ham partiyalarning vakillari bo‘lishi shart) partiya tizimini rivojlantirish uchun katta imkoniyat.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa saylovlarda "kuchli raqobat" bo‘lishini bashorat qildi.

Biroq, bu yerda bir muammo bor.

Buyuk Britaniyada joylashgan "Central Asia Due Diligence" tadqiqot markazi asoschisi Alisher Ilhomov: "Raqobatlashayotgan barcha partiyalar cho‘ntak partiyalaridir. Hokimiyat yangi siyosiy partiyalar shakllanishini to‘xtatishga harakat qilmoqda,", deb aytdi Ozodlik radiosiga.

OzodNazar: Президент сайловига баҳолар: “Зўр”дан “Базўр”гача
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:48:30 0:00

"Rivojlanayotgan siyosiy kechmish"mi?

O‘zbekistonliklar yangi parlamentga oxirgi marta 2019-yilda ovoz bergan, bu haqiqiy o‘tish davriga to‘g‘ri kelgan edi.

Mirziyoyev rahbarligida 35 million aholiga ega mamlakat yakkalashidan chiqib kelmoqda edi.

Qattiq nazoratdagi iqtisodiyot xususiylashtirish va xorijiy investitsiyalar uchun ochildi, viza siyosatidagi tub o‘zgarish turizm o‘sishiga turtki berdi va mustaqil ommaviy axborot vositalari hamda tanqidchi blogerlar uchun kichik, ammo sezilarli imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

O‘zbek tizimidagi eng kam o‘zgarishga uchragan yagona elementmi?

Siyosat, xuddi qattiqqo‘l Karimov davrida bo‘lgani kabi, faqat tanlangan a’zolar uchun bo‘lib qolmoqda.

O‘sha ovoz berishdan besh yil o‘tib, mavjud barcha dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekistonda fikrlar xilma-xilligi va tanqidiy qarashlar uchun imkoniyatlar kengayish o‘rniga yana qisqarib bormoqda.

"Chegarasiz muxbirlar" tashkilotining ommaviy axborot vositalari erkinligi bo‘yicha 100 ballik shkalasida O‘zbekiston 2019-yildagi 46,48 balldan 37,27 ballga tushdi. Bu davrda Mirziyoyevning "iliqlik" siyosatida paydo bo‘lgan ayrim blogerlar qamaldi.

Shunday ekan, nima uchun 27-oktyabrdagi ovoz berish boshqacha bo‘lishi kerak?

Shu oy boshida "Diplomat" nashrida e’lon qilingan optimistik maqolada hukumatga xayrixoh O‘zbekiston taraqqiyparvar islohotlar markazi asoschisi Mirshohid Aslanov "faol qaynayotgan siyosiy manzara" haqida gapirgan.

U kelgusi saylovlar "mamlakatning rivojlanayotgan siyosiy kechmishida yangi sahifa ochishi mumkin"ligini ta’kidladi.

Aslanov o‘z tahlil markazining so‘rovnomasi "aholining, ayniqsa shaffoflik, iqtisodiy islohotlar, sud mustaqilligi va atrof-muhit muhofazasi kabi sohalarda o‘zgarishlarga intilishini" ko‘rsatganini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ovoz berishda ishtirok etayotgan besh siyosiy partiya "bu kayfiyatlardan foydalangan holda saylovga tayyorgarlik ko‘rmoqda" va "taraqqiyotga chanqoq jamoatchilikka ta’sir qiladigan chiqishlar qilmoqda".

Bu yaxshi, albatta. Toshkentdan kelgan xabarlarga ko‘ra, nomzodlarning plakatlarini har yerda ko‘rish mumkin, hatto poytaxt shahar kengashi saylovida kamida ikkita mashhur "xalq artisti" ham ishtirok etmoqda.

Biroq, nechta o‘zbek saylovchisi Aslanovning beshta hukumatparast partiyadan biri "ijtimoiy adolatga sodiqligini ikki barobar oshirgan"i yoki "ishchi sinfi va himoyaga muhtoj guruhlar himoyachisi" deb bergan ta’rifini tan olardi?

Aslida, ularning qanchasi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasini umuman biladi?

Hozirgi kunda "Adolat" O‘zbekiston parlamentidagi 150 ta o‘rinning 24 tasini egallagan.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 53 o‘rin bilan eng ko‘p o‘ringa ega.

Karimov davrida 2014-2015-yillardagi ikki bosqichli parlament saylovlarida "Adolat" 20 ta, O‘zLiDeP esa 52 ta o‘rin qozongan edi.

2009-2010-yillarda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 19 va 53 ni tashkil etgan.

So‘nggi 15 yil davomida parlamentdagi beshta partiya aynan bir xil bo‘lib qolmoqda.

Avvalgi ikki saylovda O‘zbekiston Ekologik harakatiga parlamentda 15 o‘rin kvotasi ajratilgan edi.

2019-yilgi saylovlarda u partiya sifatida qayta nomlandi va o‘rinlar uchun raqobatlashishga majbur bo‘ldi.

Shunday bo‘lsa-da, natija o‘zgarmadi – 15 o‘rin.

Сайлов-2024: "Янгича", аммо мухолифатсиз сайлов
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:25:45 0:00

Tanqidiy ovozlarga yo‘l yo‘q

Partiyalarning saylovlarda hayratlanarli darajada doim birdek ovoz olishi, parlamentning cheklangan vakolatlari bilan birgalikda, ba’zi kuzatuvchilarni bu saylovlar umuman e’tiborga loyiqmi, deb shubhalanishga undashi mumkin.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti boshchiligidagi kuzatuv missiyasi o‘zining saylov bo‘yicha dastlabki hisobotida bu qadar keskin fikr bildirmagan bo‘lsa-da, "partiyalarni ro‘yxatga olishning murakkab talablari, ro‘yxatga olishni rad etish yoki partiya faoliyatini to‘xtatib qo‘yishning keng qonuniy asoslari va yig‘ilishlar o‘tkazishga cheklovlar"ni tanqid qildi.

Bu haqda ko‘pchilikdan ko‘ra ko‘proq biladigan shaxslardan biri – Mirziyoyevning ashaddiy tanqidchisi Xidirnazar Allaqulov bo‘lib, u bir necha yildan buyon o‘zining muxolifat partiyasi – Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishga urinib kelmoqda, ammo bunga erisha olmayapti.

Bu vaqt mobaynida Allaqulov, uning qarindoshlari va tarafdorlari muntazam ravishda taqib ostiga olingan, u politsiya qamoqqa olish paytida jinsiy a’zolariga elektr toki berilganini ta’kidlagan.

Uning o‘g‘li va partiya faoli Sherzod hozirda qamoqda saqlanmoqda.

Parlament ichida Mirziyoyev va boshqa siyosiy og‘ir vaznlilarni tanqid qilish umuman yo‘q.

Aslida, Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" deb atagan davrda nisbatan mustaqilligi bilan tanilgan ikki deputat o‘z lavozimini tark etdi.

Gazeta.uz xususiy yangiliklar sayti "O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim bo‘lgan masalalar bo‘yicha ochiq, ba’zan tanqidiy fikr bildiradigan kam sonli deputatlardan biri" deb ta’riflagan Doniyor G‘aniyev avgust oyida qonun chiqaruvchi organni tark etishini e’lon qildi.

G‘aniyev Telegram'da o‘z lavozimida qolishi "na menga, na saylovchilarga foyda keltirmaydi", deb aytdi.

G‘aniyev singari O‘zLiDeP vakili bo‘lgan Rasul Kusherbayev yanada keskinroq tarzda ishdan ketdi.

U 2022-yil dekabr oyida davlat budjeti bilan bog‘liq savol berishiga yo‘l qo‘yilmagandan keyin parlament majlislarini "shou" deb atadi. U partiyani tark etdi, ammo keyinchalik hukumat maslahatchisi lavozimini egalladi.

Мирзиёевнинг янги конституцияси мулк дахлсизлигини таъминламади - собиқ депутат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:52 0:00

Bu saylovlar o‘tgan yili referendumda qabul qilingan yangi konstitutsiya asosida o‘tkaziladigan, shuningdek, Mirziyoyev 2023-yil iyul oyida asosiy qonunni qayta ko‘rib chiqish doirasida besh yildan yetti yilga uzaytirilgan yangi prezidentlik muddatini qo‘lga kiritganidan keyingi birinchi saylovdir.

27-oktyabrdagi ovoz berish, shuningdek, O‘zbekiston tarkibidagi nominal avtonom respublika bo‘lgan Qoraqalpog‘iston parlamentiga 2022-yildagi tartibsizliklar kuch bilan bostirilganidan keyingi birinchi saylovlar bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG