Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:37

HRW: O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha islohotlar to‘xtab qoldi


Toshkentda devorga chizilgan rasmni o‘chirtirayotgan ichki ishlar xodimlari. Illyustrativ surat.
Toshkentda devorga chizilgan rasmni o‘chirtirayotgan ichki ishlar xodimlari. Illyustrativ surat.

“O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha islohotlar sur’ati 2021-yilda, ayniqsa, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozongan oktabrdagi prezident saylovi arafasida to‘xtab qoldi va ayrim jihatlarda orqaga chekindi” deb yozdi Human Rights Watch 11 - yanvar kuni e’lon qilgan hisobotida.

Xalqaro tashkilotga ko‘ra, so‘z erkinligi bilan bog‘liq jarayon muvafaqqiyatsizliklarni boshdan kechirmoqda, rasmiylar tanqidchi blogerlarni ta’qib qilmoqda. Bloger Otabek Sattoriy 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Mustaqil inson huquqlari guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish rad qilinmoqda. Qiynoqlar uchun jazosiz qolish odatiy hol bo‘lib qoldi, deyiladi yillik hisobotning O‘zbekistonga bag‘ishlangan qismida.

Siyosiy plyuralizm muhiti mavjud emas

Human Rights Watch O‘zbekistonda siyosiy plyuralizm muhitini tadqiq qila turib, yangi ta’sis etilgan “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinmagan, “Erk” demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Jahongir Otajonov nomzodining saylovga qo‘yilmagani haqida yozadi.

А. Пикулицка: “Сўз эркинлиги торайди, эркин фикрловчилар Ўзбекистондан кетмоқда”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:06 0:00

Tashkilot YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosining kuzatuvchilari tomonidan saylovda haqiqiy raqobat bo‘lmagani haqidagi xulosalarini qo‘llab-quvvatlagan.

Jurnalistlar hamon ta’qibda

Hisobotning so‘z erkinligiga oid qismi O‘zbekiston hukumati Ozodlik radiosi kontentiga to‘siq qo‘yishda davom etayotgani bilan boshlangan.

Tashkilotga ko‘ra, prezident saylovi arafasida ommaviy axborot vositalari va internet ustidan nazorat kuchaytirilgan.

Xususan, xorijlik jurnalist Agneshka Pikulickaning akkreditatsiyasi bekor qilinishi, toshkentlik bloger Miraziz Bazarovning jamoatchilik g‘azabiga nishon qilingani hamda bloger Valijon Kalonovning hibsga olingani ta’kidlanadi.

Nodavlat nohukumat tashkilotlar faoliyatiga qo‘yilgan sun’iy to‘siqlar hanuz saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston hukumati jahon hamjamiyati oldida jamiyatni demokratlashtirish borasida islohotlarni amalga oshirayotganini iddao qilishiga qaramay, fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lgan nohukumat tashkilotlarini ro‘yxatga olishni rad etib kelmoqda.

“Buxorodagi Gumanitar huquqlar markazini to‘qqizinchi bor ro‘yxatdan o‘tkazishni bosh tortishdi. Sentabr oyida sakkizinchi marta ro‘yxatdan o‘tish rad etilganidan so‘ng Human Rights House Adliya vazirligi ustidan sudga murojaat qildi” deyiladi hisobotda.

Diniy erkinliklar xavf ostida

Mamlakatda o‘tgan yili qabul qilingan diniy erkinliklarga oid qonun hujjatlari umumxalq muhokamasiga chiqarilmaganini bayon etgan huquq faollari bu borada prezident Mirziyoyevga BMTning beshta maxsus ma’ruzachisi maktub yo‘llaganini eslatgan.

BMT maxsus ma’ruzachilarining Prezident Mirziyoyevga qo‘shma maktubida qonundagi tinch missionerlik faoliyatining barcha shakllarini cheklash, rasmiy bo‘lmagan diniy ta’lim va diniy matbaachilikni ta’qiqlash kabi qoidalardan jiddiy xavotir bildiriladi.

“Davlatning diniy idorasi nazoratidan tashqarida o‘z e’tiqodiga ega bo‘lgan musulmonlar soxta diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoiy ayblovlar nishoniga aylandi. Iyun oyida politsiya hukumatining ochiq tanqidchisi Fozilxo‘ja Orifxo‘jayevga ekstremizm bilan bog‘liq ayblovlar qo‘ydi va uni uch oyga tergov hibsxonasiga jo‘natdi” deyiladi hisobotda.

Human Rights Watch o‘z hisobotida namoyishlar erkinligi masalasiga alohida to‘xtalib, bu boradagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan harakatlarning to‘xtab qolganidan xavotir bildiradi.

Hisobotda shuningdek, jinoiy qonunchilikda besoqolbozlik moddasining hamon saqlanib qolayotgani zo‘ravonlik va qiynoqning bir turi sifatida tanqid qilinadi.

Xalqaro aktyorlar Human Rights Watch nishonida

O‘zbekistonning BMT Inson Huquqlari Kengashi a’zoligini pisanda qilgan HRW Mirziyoyev hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgan xalqaro tashkilotlar va hamkorlarning inson huquqlari borasidagi mavqeini ham tanqid qilgan.

Xususan, tashkilotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining aprel oyida O‘zbekistonga umumiy imtiyozlar sxemasi (GSP) - bir tomonlama savdo imtiyozlarini berish uchun “inson huquqlariga sodiqlik” va’dasini olgani "ikkiyuzlamachilik"dek ko‘rinadi.

“Iyun oyida Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda Adliya va ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha quyi qo‘mitasi so‘z va namoyishlar erkinligi, nodavlat tashkilotlarni ro‘yxatga olish va kamsitishlarga qarshi kurash bilan bog‘liq tashvishlarini qayd etdi va O‘zbekistonni blogerlar yoki namoyishchilarga qilingan hujumlarni tekshirishga chaqirdi” deyiladi bayonotda.

Oktyabr oyida esa, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida haqiqiy raqobat bo‘lmaganidan afsusda ekanini bildirdi. Holbuki, iyul oyida AQShga safar qilgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Davlat kotibi Entoni Blinkenga olamshumul islohotlar haqida gapirgandi.

Hisobotdan anglashilishicha, O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelgach inson huquqlari borasida amalga oshirila boshlangan islohotlar nafaqat to‘xtagan, balki bu borada ortga chekinish ham kuzatilmoqda.

XS
SM
MD
LG