Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:49

Gulnora Karimova qamoqda 49 yoshini qarshiladi. O‘zbek faollari uning boyliklari taqdiridan xavotirda


Gulnora Karimova Moskvadagi Mersedes-Benz modalar ko‘rgazmasida - 2 - aprel, 2011
Gulnora Karimova Moskvadagi Mersedes-Benz modalar ko‘rgazmasida - 2 - aprel, 2011

Shu yilning 8 -iyulida bir guruh o‘zbek faollari Shveysariya hukumati va huquqni muhofaza qilish organlarini O‘zbekiston sobiq prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova o‘margan boyliklarni qaytarish jarayonida shaffoflikka chaqirdi.

Dunyoning turli nuqtalarida istiqomat qilayotgan 9 nafar faol tomonidan imzolangan chaqiriq Uzbekforum.org internet nashrida e’lon qilindi.

Murojaat mualliflari O‘zbekiston va Shveysariya hukumatlari o‘rtasida 2020 - yilning 11 - sentabrida tuzilgan Gulnora Karimova o‘zlashtirgan noqonuniy pullarni mamlakatga qaytarish borasidagi Anglashuv memorandumi taqdiridan xavotirda ekanini bayon qilishgan.

Chaqiriq mualliflari iddaosicha, ikki tomon ham mazkur hujjat ijrosi borasida shaffoflikka shoshilmayotir. Aksincha, oradan qariyb bir yil o‘tsa-da, mazkur mablag‘larning O‘zbekistonga qaytarilishi yuzasidan Shveysariya rasmiylari ham, O‘zbekiston tomoni ham biror izoh bermagan.

10 tamoyil

O‘zbek faollarining ta’kidicha, Shveysariya hukumati ham 2017 - yilda aktivlarni tiklash bo‘yicha tashkil etilgan Global Forum (Global Forum for Asset Recovery)ning faol ishtirokchilaridan biridir. Mazkur tuzilmaga ishtirokchi davlatlar jinoiy guruh va shaxslar tomonidan o‘marilgan boyliklarni o‘z egalariga qaytarishda 10 ta tamoyilga sodiq qolishi lozim.

Mazkur 10 tamoyil g‘orat qilingan boyliklarni qaytarishda shaffoflik va hisobdorlikdan tortib, boyliklarni qaytarish jarayonida fuqarolik jamiyati vakillarining ishtirokiga qadar bo‘lgan majburiyatlarni o‘z ichiga oladi.

Faollar 2017 - yilda aktivlarni tiklash bo‘yicha tashkil etilgan Global Forumning ishtirokchilari zimmasidagi to‘rtinchi tamoyilni yodga olib, mablag‘larning O‘zbekistondagi asl egalariga yetib borishiga shubha bildiradi.

Qaytarilgan mol-mulkni korrupsiyaviy xatti-harakatlar natijasida zarar ko‘rgan odamlar manfaati uchun ishlatish majburiyatini eslatib, Shveysariya hukumatidan bu boradagi jilovni bo‘shashtirmaslik so‘ralgan.

Anglashuv Memorandumi nima o‘zi?

Anglashuv Memorandumi hukumatlar yoki idoralararo kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan huquqiy hujjat bo‘lib, normativ akt sifatida bajarilishi majburiy bo‘lgan bitimdir. Ana shu aktlarning biri 2020 - yil 11 - sentabrda Shveytsariya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida imzolangan va hujjat ijrosi muayyan muddatda nihoyasiga yetishi lozim.

Memorandumda Gulnora Karimova tomonidan otasi prezidentlik davrida noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketilgan va Shveysariya konfederatsiyasi hududiga joylashtirilgan mol-mulkni qaytarish tamoyillari belgilangan.

Mazkur akt, mohiyatiga ko‘ra, jarayoni shaffof, hisobdorlik va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokini qamrab olishi lozim.

Unga O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlashga hissa qo‘shishini tasdiqlovchi talablar kiritilgan.

Shveysariya tomoni ham mum tishlagan

Mazkur chaqiriqni izohlay turib, O‘zbek forumi yetakchisi Umida Niyozova memorandum imzolanganidan to‘qqiz oy o‘tsa ham Shveysariya va O‘zbekiston rasmiylarining jamoatchilikka lom-mim demayotganiga e’tibor qaratdi:

“Shu paytga qadar taqsimlash va qaytarish to‘g‘risidagi bitimlarning taklif qilingan mazmuni haqida jamoatchilikka batafsil ma’lumot berilmadi. Fikrimizcha, bunday uzoq sukunat Shveysariyaning shaffoflik va hisobdorlik borasidagi sadoqatiga zid keladi.

Shveysariya Federal Adliya idorasi hatto allaqachon imzolangan ulush to‘g‘risidagi bitimni oshkor qilishdan bosh tortmoqda. Bu harakat esa, mamlakatning axborot erkinligi borasidagi Federal qonuniga ziddir. Holbuki, bu borada iltimosnoma ham yuborganmiz”, deydi Umida Niyozova.

“Ozodlik” surishtiruvlari faollarda xavotir uyg‘otdi

“Fuqarolik jamiyati chaqiriqlariga qaramay, O‘zbekiston korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha samarali va yetarlicha islohotlarni amalga oshirmadi. Ayniqsa, hukmron rejimning eng yuqori bo‘g‘inlaridagi holatlar bunga misoldir. Tizimli tadqiqotlar va jurnalistik tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatning yuqori rahbariyati katta korrupsiyada bevosita va bilvosita ishtirok etmoqda”, deyiladi chaqiriqda.

Faollar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar joriy qilinganiga qaramasdan, ularning qat’iy va xolis qo‘llanilishiga siyosiy iroda yetishmayotganini iddao qilishadi.

Chaqiriq mulliflari “Ozodlik” tomonidan 2021 - yil fevral oyida prezident Mirziyoyevning Shovvozsoy qarorgohi borasidagi tekshiruvlarini tilga olib, uni "korrupsiyaning oliy namunasi" deb atashgan.

"Бу ерда ҳамма нарса қийноқ устига қурилган". Мирзиёевнинг VIP маҳкумлари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:30 0:00

Shuningdek, chaqiriqda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori fojiasi hamda Toshkent shahar hokimining shirkatlariga taqdim etilgan gaz hisoblagichlari borasidagi korrupsiyaviy bitim sifatida tilga olinadi. Bu boradagi “Ozodlik” tekshiruvlari chaqiriqqa ilova qilingan.

Fuqarolik jamiyati vakillarining Shveysariya hukumatiga murojaati Gulnora Karimovaning O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Zangiotadagi ayollar qamoqxonasida 49 yoshini nishonlagan kuniga to‘g‘ri keldi.

Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Karimovaning otasi hukmronligi davridagi qilmishlariga e’tibor qaratdi. Ayrimlar esa unga she’riy izhorlar bitdi.

Islom Karimov davrida uning ehtimoliy merosxo‘rlaridan biri sifatida ko‘rilgan Gulnora Karimova bundan qariyb besh yil avval otasining boshqaruvi nihoyasiga yetganidan so‘ng ham O‘zbekistonning yangi tarixidagi eng ziddiyatli shaxslardan biri bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG