Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:02

"Chumchuqqa ham ozor bermagan"- Moskvadagi terakt gumondorlari haqida yaqinlarining so‘zlari


Krokus Citi Hallda sodir etilgan terakt gumondorlaridan biri Muhammadsobir Faizov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini qarar ekansiz, qo‘shiqlar, uning mashina haydab ketayotgani hamda «Moy Stil» sartaroshxonasida ishlayotgani aks etgan surat va videolarni ko‘rasiz.
Krokus Citi Hallda sodir etilgan terakt gumondorlaridan biri Muhammadsobir Faizov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini qarar ekansiz, qo‘shiqlar, uning mashina haydab ketayotgani hamda «Moy Stil» sartaroshxonasida ishlayotgani aks etgan surat va videolarni ko‘rasiz.

Faridun Shamsiddin tug‘ilib o‘sgan Dushanbe chekkasidagi qishloq aholisi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan halokatli terakt gumonlanuvchilari orasida Faridun Shamsiddin ham borligi haqidagi xabardan hayron qolganini bildirdi.

«Men uning harakatlarida hech qachon shubhali narsani sezmaganman. Olti oy oldin Rossiyaga ketib, uyiga pul jo‘natib yurgan edi», deydi Shamsiddinning Loyob qishlog‘ida yashovchi qarindoshi.

U ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirdi. Qarindoshining so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli Faridun Shamsiddin Rossiyaga ketgunga qadar novvoyxonada ishlagan. U «chumchuqni ham o‘ldira olmas edi. Qo‘rqoq edi», deya qo‘shimcha qildi suhbatdoshimiz.

Faridun Shamsiddin oilali, bir nafar farzandi bor, muqaddam sudlangan. U jinsiy tajovuzda ayblanib, yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2020-yilda muddatidan oldin ozodlikka chiqqan.

Shamsiddinning diniy e’tiqodi haqida so‘ralganda, «U hech qachon namoz o‘qimagan, ro‘za tutmagan, spirtli ichimlik ichib yurardi», deydi uning qishloqdoshlaridan biri.

Teraktdan bir kun o‘tib, 23-mart kuni Faridun Shamsiddin qo‘lga olingani aks etgan videolar tarqaldi. Videotasvirlarda u hujumni pul uchun amalga oshirganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga Telegram orqali noma’lum shaxslar aloqaga chiqib, 1 million rubl (taxminan 10 500 dollar) evaziga «odamlarni o‘ldirish»ni taklif qilgan. Faridun Shamsiddin hujumdan oldin kelishilgan pulning yarmini olgan. U Rossiyada qolish muddatini uzaytirish uchun Turkiyaga borib keladi.

Мигрантлар. Кўчага чиқиш қўрқинчли - Крокус оқибати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:25 0:00


Ozodlik radiosi videolarning hamda videoda aks etgan gumondorning ko‘rsatmalari haqqoniyligini mustaqil ravishda tekshirish imkoniga ega emas.

Shamsiddinning xotini, ota-onasi va qaynonasi Dushanbega so‘roq qilish uchun olib ketilgan. Uning singlisi uch farzandi bilan Rossiyadan deportatsiya qilindi. Ayolning turmush o‘rtog‘i esa Shamsiddinning qilmishidan so‘ng u bilan ajrashish uchun ariza berishga ham ulgurgan”.

Sayram Faizova 19 yoshli o‘g‘li Muhammadsobir Faizovning bunday vahshiylik qilganiga ishonmasligini aytdi.

«U bunday ishni qiladigan odam emas. Uning miyasini kimdir zaharlagan», - deydi Faizova.

U dindor emasdi, to‘ylarga borishni, Dushanbedagi do‘stlari bilan bazmlarga borib raqsga tushishni yaxshi ko‘radigan odam edi” deya ta’rifladi Faizovning onasi..

U hatto Xitoyda o‘qishni orzu qilardi deya qo‘shimcha qildi ona.

Chapdan- Dalerjon Mirzoyev, Faridun Shamsiddin, Muhammadsobir Faizov va Saidakram Rajabalizoda 24-mart kuni Basmanniy tuman sudida o‘tgan sud majlisida.
Chapdan- Dalerjon Mirzoyev, Faridun Shamsiddin, Muhammadsobir Faizov va Saidakram Rajabalizoda 24-mart kuni Basmanniy tuman sudida o‘tgan sud majlisida.

Faizovaning aytishicha, o‘g‘li noyabr oyigacha Ivanovo shahridagi sartaroshxonada ishlagan va maoshi kamligi sababli ishdan bo‘shab ketgan. O‘shandan beri Muhammadsobir Faizov Sankt-Peterburgda meva sotib yurgan.

Faizova oxirgi marta o‘g‘li bilan teraktdan bir kun oldin telefonda gaplashgan.

«O‘sha kuni ikki marta, ertalab va kechqurun gaplashdik. Ishi yaxshi ekanini aytib, men haqimda so‘radi. U o‘z ishi haqida gapirib, hammasi yaxshi bo‘lishini aytdi».

Rossiya rasmiylari Faizovning «VKontakte»dagi do‘stlaridan biri Shohin Safolzodani ham Crocus City Hall’dagi hujumda gumonlanuvchilardan biri sifatida ro‘yxatga kiritgan.

Oilada to‘rt o‘g‘ilning eng kichigi bo‘lgan Muhammadsobir Faizov ikki yil avval o‘rta maktabni tamomlab, oilasiga moddiy yordam berish maqsadida Rossiyaga borgan.

Moskvadagi terakt gumondorlaridan biri Saidakram Rajabalizodaning Tojikistondagi uyi, Chamanzor qishlog‘i.
Moskvadagi terakt gumondorlaridan biri Saidakram Rajabalizodaning Tojikistondagi uyi, Chamanzor qishlog‘i.

Faizovning katta akasi hujumdan so‘ng Dushanbega so‘roq qilish uchun olib ketildi va hali ham uyiga qaytmadi, deydi ona. Ayol Rossiyada ishlayotgan turmush o‘rtog‘idan ham xabar yo‘qligini bildirdi.

«Hokimiyat telefonlarimizni tortib oldi. Biz hech kimga qo‘ng‘iroq qila olmaymiz », dedi u.

Faizova Tojikiston hukumatidan uning o‘g‘li va Tojikistonga olib kelingan boshqa gumonlanuvchilarni «yoshligini inobatga olgan holda» ozod qilishni iltimos qildi.

Rajabalizoda tug‘ilib o‘sgan Chamanzor qishlog‘i aholisi vakillari uni «tanimasliklarini» aytib, gaplashishni istashmadi.

30 yoshli gumondor Rajabalizodaning onasi, ukasi, xotini va ikki amakisi ham Dushanbega so‘roq qilish uchun olib ketilgan.

Reyter agentligining Tojikiston xavfsizlik manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, 26-mart kuni Tojikistonga Rossiyadan tergovchilar kelib gumonlanuvchilarning oila a’zolarini so‘roq qilgan.

Yana bir qancha Tojikiston fuqarolari, jumladan, 62 yoshli erkak va uning ikki o‘g‘li ham hujumga aloqadorlikda gumon qilinib, Rossiyada hibsga olingan. O‘g‘illardan biri gumonlanuvchilar terakt joyidan qochish uchun foydalangan Reno mashina egasi bo‘lgan, deya bildirdi Rossiya rasmiylari.

Yana bir gumonlanuvchi Qirg‘izistonda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Alisher Qosimov ham tergov qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG