Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 05:48

"Bolalarimizga bir jinsli sevgi ochiqchasiga tiqishtirilmoqda”. Qozog‘istonda "LGBT-propaganda"ga qarshi petitsiya


Oqto‘beda LGBT yig‘ilishi o‘tkazilishiga qarshi piket. Qozog‘iston, 8-avgust, 2021
Oqto‘beda LGBT yig‘ilishi o‘tkazilishiga qarshi piket. Qozog‘iston, 8-avgust, 2021

Qozog‘istonda jamoat faollari o‘zlari “LGBT targ‘iboti” deb hisoblayotgan, shu jumladan, gomoseksual aloqalar, transgenderlar hamda jinsni o‘zgartirish imkoniyatlari haqida hikoya qiluvchi kontentning taqiqlanishini talab qilishmoqda.

May oyi oxirlarida petitsiya beriladigan rasmiy onlayn-maydonchada Ota-onalar ittifoqining bolalarni “ular ongiga singdirilayotgan bir jinsli muhabbat”dan himoya qilishga chaqirilgan murojaati paydo bo‘ldi. Ushbu maktub uni ko‘rib chiqish uchun zarur 50 ming imzoni rekord muddat ichida yig‘di. Shundan so‘ng Madaniyat va axborot vazirligi petitsiyani ko‘rib chiqishga va’da berdi.

Aftidan, ushbu tashabbus Rossiyada bir necha yil oldin kuchga kirgan va mamlakatdan ommaviy emigratsiyaga sabab bo‘lgan LGBT-ozchilikka qarshi repressiv qonun yaqin yillarda Qozog‘istonda ham qabul qilinishiga olib keladi. Kreml o‘ziga tobe boshqa mamlakatlar, xususan, Belarus va Gruziyani shunday mazmundagi qonunlarni qabul qildirishga urinayotgani sir emas.

Акмал Саидовнинг Женевадаги жазаваси ва ЛГБТ ҳуқуқлари ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:24 0:00

Qozog‘istonda “LGBT propagandasi”ni taqiqlashga chaqiruvchi petitsiya 50 ming imzo to‘plash talabini bajargan uchinchi petitsiya bo‘ldi: undan oldin utilizatsiya yig‘imi va yagona vaqt mintaqasini bekor qilish masalasida petitsiyalar uyushtirilgan. Biroq keyingi ikkitasi rostdan ham jamiyatda keng muhokama qilingan. Qozog‘iston Ota-onalar ittifoqining murojaati esa jiddiyroq rezonans chiqarmagandi ham. Shunga qaramay, unga imzo chekishga tayyor 50 ming tashvishmand ota-ona topildi.

“Farzandlarimizga bir jinsli sevgini ochiqchasiga tiqishtirishmoqda. Kitoblar, TV ekranlari va internet orqali tiqishtirishyapti. Yoshlar o‘z nosog‘lom aloqalarini oshkora yoyishmoqda va targ‘ib qilishmoqda, – deydi LGBT propagandasiga qarshi petitsiya muallifi Bagila Boltaboyeva. – Shu tariqa, buzuq g‘oyalar yoshlar onggiga sezdirmay kirib olgach, ularda jinsiy munosabatlarning yangi mezonlari shakllanyapti. Shu bilan birga, an’anaviy qadriyatlar o‘tmish sarqiti, qoloqlik belgisi, degan fikr ilgari surilyapti. Shu bois ko‘pchilik tanqidga uchrashdan qo‘rqib, sukut saqlayotir. LGBT-propagandasiga qarshi chiqishga jur’at etganlar esa konservator, eskichi deya mazax qilinmoqda”.

Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi petitsiya ko‘rib chiqilishini, shuningdek “manfaatdor tomonlar, davlat idoralari va jamoat birlashmalari vakillaridan iborat” ishchi guruh faoliyati tashkil etilishini ma’lum qildi. Qonunga ko‘ra, zarur miqdorda imzo to‘plagan petitsiyalar 40 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi kerak.

LGBT-faollar petitsiyada bayon qilingan talablarni inson haqlarini buzish, deb atashdi. Ularga ko‘ra, Qozog‘iston so‘nggi yillarda LGBT odamlarni nihoyatda shafqatsiz tarzda ta’qib qilayotgan Rossiyadan ulgi olmoqda:

“Bu yerda Kremlning “yumshoq kuchi” yaqqol ko‘rinib turibdi. Rossiya ilgari SSSR tarkibida bo‘lgan mamlakatlarni o‘z orbitasida tutib turish uchun jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Moskva o‘z satellitlari uning fuqaroviy erkinliklar va demokratik qadriyatlarni cheklash siyosatidan nusxa ko‘chirishini istaydi”, deydi LGBT faoli Gulzoda Serjan.

Ўзбек транслар: бизни одам сифатида кўришмайди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:52 0:00

Yurist Sergey Utkin “propaganda” so‘zi aynan Qozog‘iston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlangan axborot, faoliyat va boshqa narsalarga oidligiga e’tiborni qaratadi.

“Ya’ni, LGBTga aloqador propaganda haqida gap ketayotgan bo‘lsa, u holda avvalo davlat uni taqiqlashi lozim, xuddi Sovet Ittifoqiga o‘xshab mana bu narsa man etilgan, deb aytishi kerak. Bu taqiqlangach, uni propaganda qilish ham man etilgan bo‘ladi”, deya izoh beradi ekspert.

Qozog‘istonda LGBT propagandasini taqiqlash dastlab OAVlar to‘g‘risidagi qonun loyihasida nazarda tutilgandi. Biroq hujjatning yakuniy variantida ushbu band olib tashlangan.

XS
SM
MD
LG