Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 13:42

OAV: Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘planib qolgan o‘zbekistonliklar 6 avgustda chegaradan o‘tkaziladi


Orenburg viloyati Buzuluk tumanida muhojirlar uchun tashkil etilgan chodir shaharcha.
Orenburg viloyati Buzuluk tumanida muhojirlar uchun tashkil etilgan chodir shaharcha.

Rossiya-Qozog‘iston chegarasining Orenburg va Samara viloyatlari hududidan o‘tuvchi qismida to‘planib qolgan 3,5 ming o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik mehnat muhojirlari 6 avgustgacha uylariga qaytariladi. Bu haqda Orenburg mahalliy hokimiyatiga tayangan holda Novosti agentligi xabar berdi.

Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, Orenburg viloyatining Buzuluk tumanida va Samarada chegaradan o‘tolmay to‘planib qolgan muhojirlarning 3 ming nafari Qirg‘iziston, 500 nafari O‘zbekiston fuqarosidir.

“Buzuluk tumanida va Samara viloyati hududida to‘planib qolgan Qirg‘iziston fuqarolari bugun va ertaga kun davomida Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkaziladi hamda uylariga yo‘l oladi. Chegaradan o‘tkaziladigan Qirg‘iziston fuqarolarining umumiy soni uch mingga yaqin. O‘zbekistonning uyga qaytib ketish uchun imkoniyat berilishini kutib o‘tirgan 500ga yaqin fuqarosi esa, dastlabki kelishuvga muvofiq, chegarani 6 avgust kuni kesib o‘ta oladilar. Ular o‘z vatanlariga temir yo‘l transporti vositasida qaytariladi”,- deyiladi Orenburg viloyat hokimiyati rasmiy bayonotida.

Orenburg va Samara viloyatlarining Qozog‘iston bilan chegaradosh qismlarida pandemiya oqibatida yopib qo‘yilgan chegaraning ochilishini kutib o‘tirgan muhojirlar uchun tashkil etilgan vaqtinchalik chodir shaharchada qariyalar, xomilador ayollar va bolalar ko‘pligi aytilmoqda.

Koronavirusga qarshi kurash doirasida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston chegaralarining yopilishi ortidan Orenburg va Samara viloyatlarida vataniga qaytmoqchi bo‘lgan minglab muhojirlar to‘planib qolgan edi.

16 iyulda Buzulukda to‘planib qolgan muhojirlarning katta qismi poezdda O‘zbekistonga olib kelindi.

Ozodlik Orenburg viloyatidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari Ravshanhoji Kavlanov Ozodlik radiosiga 23 iyulda poezddan qolib qolgan bir necha o‘n kishi yoniga keyingi kunlarda yana boshqalar qo‘shilgani va natijada shu kunda O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini ochishini kutayotganlar soni 400 dan ortib qolgani haqida bildirgandi.

8-9 iyul kunlari qozoq-o‘zbek chegarasidagi “Jibek jo‘li” – “G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar o‘zbekistonlik yurtiga o‘tkazilgan edi.

TIV Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyuldan 7 iyulgacha mazkur NO‘P orqali 2700 nafardan ziyod vatandosh O‘zbekistonga qaytgan.

Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli qozoq-o‘zbek chegarasidan o‘zbekistonliklarni o‘tkazish cheklangan miqdorda amalga oshirilgan. Bu holat chegarada 3000 ga yaqin o‘zbekistonlik to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG