Линклар

Шошилинч хабар
16 декабр 2024, Тошкент вақти: 08:53

Tinchlik kelishuvi oldidan AQSh-Tolibon o‘rtasida sulh kuchga kirdi


Tolibon vakillari 2019 yilning 22 oktabrida Moskvada o‘tkazilgan muzokaralarda.
Tolibon vakillari 2019 yilning 22 oktabrida Moskvada o‘tkazilgan muzokaralarda.

AQSh, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va Tolibon o‘rtasida zo‘ravonlikni kamaytirish bo‘yicha bir haftalik sulh kuchga kirdi. Agar tomonlar unga to‘liq amal qilsa, fevral oxiriga borib doimiy tinchlik bitimi imzolanishi kutilyapti.

Tolibon va AQSh boshchiligidagi xalqaro kuchlar o‘rtasida janglar to‘xtadi. Rasmiylarning aytishicha, bu Afg‘onistonda 18 yillik urushni tugatish tomon qo‘yilgan birinchi qadam.

Afg‘on armiyasi sobiq mulozimi Sher Muhammad Karimiyning tushuntirishicha, barcha bo‘linmalarga bir hafta davomida o‘t ochmaslik va harbiy amaliyotlar o‘tkazmaslik buyurilgan.

“Askarlar o‘z joyida bo‘lishi, nazorat punktlarida qolishi kerak. Ammo hujumga uchrasa, ular o‘zini himoya qilishga haqli”, - deydi general Karimiy.

Tolibon harakati o‘z tarmog‘idagi jangarilarni sulhga amal qilishga ko‘ndira oladimi? Asosiy savol shu.

“Zo‘ravonlik kamaysa, Tolibon yaxshi boshqaruv va nazorat tizimiga ega ekanini ko‘rsatgan bo‘ladi”, - deydi tahlilchi Samir Lalvani.

Sulh muvaffaqiyatli kechsa, 29 fevral kuni AQSh va Tolibon tarixiy kelishuv imzolaydi. Tolibon va Afg‘oniston hukumati o‘rtasida siyosiy muzokaraga yo‘l ochiladi.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi askarlarini dastlabki bosqichda 8600 nafarga kamaytirishi, boshqa mamlakatlar ham harbiylari sonini 20-30 foizga qisqartirishi mo‘ljallangan.

“Bu faqat boshlanishi, jarayon bu bilan to‘xtamaydi”, - deydi Lalvani.

Mudofaa vaziri Mark Esperga ko‘ra, AQSh kelishuvga Afg‘onistondagi umumiy vaziyatni hisobga olgan holda yondashmoqda.

Tolibon sulhga to‘liq amal qilgan taqdirda ham tahdid kamaymaydi, deydi rasmiylar. Chunki tinchlik bitimiga qarshi bo‘lgan minglab jangarilar Tolibondan ajralib chiqishi ham mumkin.

XS
SM
MD
LG